35. Marketing muhiti
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 70,87.Marketing nazorati turlari. Nazorat turlari
61.Strategik rejalashtirish
Strategik rejalashtirishning asosiy xususiyati-umumdoimiy ravishda operativ va strategik nazoratga tayanishidir. Bu esa strategiyaga tayinli davr mobaynida turli o`zgarishlarni kiritish va tashqi muhit sharoitlariga moslashish imkonini beradi. Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita strategiyani ishlab chiqish bosqichi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. Dastlabki harakat bosqichi bo`lib, firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu bosqichda: asosiy tashqi xavfxatarlar, imkoniyatlar, «favqulodda» holatlarni vujudga kelish tendensiyalari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi. Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik kurashidagi mavqei tahlil qilinadi. Ushbu bosqichning asosiy vositasi bo`lib-firma faoliyatining qaysi yo`nalishida «raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish faoliyatining yaxshilash mumkin?» degan savolga javob topiladi. Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi. Bunda firmaning turli faoliyatlari bo`yicha istiqbolini qiyoslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yo`nalishlari bo`yicha resurslarni taqsimlash asosiy o`rin egallaydi. Lekin, ko`pgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi istiqbol uchun ma‘kul bo`lmaydi. Buning sabablari bo`lib, firmaning ichki faoliyati doirasida yalpi strategiyani ishlab bo`lmaslik, uzoq va qisqa istiqbolda ularning mos kelmasligi yoki boshqaruvchilarning rejalashtirish ishlarida tashqi muhit o`zgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab chiqish zarurati hisoblanadi. Keyingi harakat bosqichi - diversifikatsiya yo`llarini tahlil qilish jarayoni sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi bo`lib, amaldagi faoliyatini ko`lami tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali bo`lgan yo`nalishlarni aniqlash hisoblanadi. 70,87.Marketing nazorati turlari. Nazorat turlari Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: - maqsadga erishish darajasini belgilash, - yaxshilanish imkoniyatini aniqlash, - korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o`zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash va hokazolar. Marketing nazoratining uch turi mavjud: 1. Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish; 2. Foydalilikni nazorat qilish; 3. Strategik nazorat Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo’ljallangan natijalarga erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish o’rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng foydalaniladi.Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi. Foydani nazorat qilishdan maqsad firma nima hisobiga daromad topaetganligini va qaysi o’rinlarda uni yo’qotayotganligini aniqlashdan iborat. Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini rejalashtirilgan ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo’yicha amalga oshiriladi.Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatdan ham firma o’zidagi marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayaptimi yoki yo’qmi shu holat nazorat qilinadi. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling