35. Marketing muhiti
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
88.Tovar haqida tushuncha
Tovar – bu xaridor fikrini jalb etish, xarid qilish, foydalanish maqsadida bozorga sotish uchun chiqarilgan iste’molni, ehtiyojni yoki talabni qondiruvchi barcha buyum va xizmatlardir. Ehtiyoj – insonning nimanidir yetishmasligini his qilish tuyg‘usi. Ehtiyoj fiziologik (oziq-ovqat, kiyim-kechak, salomatlik, uy-joyga), xavfsizlikka, munosabat hurmat va o‘zini ko‘rsatishga nisbatan bo‘lishi mumkin. Tovar nomenklatura nomi – bu bir xil iste’mol ehtiyojini qondiruvchi tovarlar assotimentining umumlashgan nomi. Masalan, “Yuvish vositalari”. “Non va non mahsulotlari” va hokazo. Assortiment (ingl. Assortment, range) — firma (kompaniya) sotayotgan mahsulotlarning guruhlar, turlar, tiplar, navlar, o‘lchamlar va markalar bo‘yicha tarkibi. Tovar assortimenti, deganda – bir xil iste’mol ehtiyojimizni qondiradigan turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan, non va non mahsulotlari –tovarning nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu guruhga kirgan non turlari assortiment, deb ataladi. Assortiment kengaytirilishi — assortiment kengligi (tovar guruhlari miqdori) va chuqurligi (har bir guruhdagi modellar, markalar turlari miqdori) bo‘yicha farqlanadi.Tovar assortimenti har bir turdagi mahsulotni uning sifat xususiyatlari bo‘yicha tarkibi, marka, navi, profili kabi tomonlari bilan berilgan miqdorda ajratilishidir. Mavjud tovarlar kategoriyalariga yangi variantlarning qo‘shilishi. Bunga o‘xshash kengaytirishni marketologlar savdo markasi nufuzi barbod bo‘lishi tavakkali bilan bog‘laydilar. Assortiment kengligi — bozorda taklif etilayotgan turli mahsulot liniyalari (tovar kategoriyalari)ning muayyan miqdori. 65.Marketingni boshqarishni tashkil etish Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy, moliyaviy, me‘yoriy va boshqa resurslarning majmui bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo’naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir. Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad va tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning to’g’ri va murakkabligi darajasiga qarab o’zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyusiya o’zgarishlari va tashqi muhit bilan o’zaro ta‘siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko’rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo’naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdi. Marketingni boshqarish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat: 1 bozor imkoniyalarini tahlili; 2 maqsadli bozorni tanlash; 3 marketing kompleksini ishlab chiqish; 4 marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling