35. Marketing muhiti


Download 65.23 Kb.
bet11/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
marketing javoblari

103.Sotuv uslubi
Sotuv uslubi (xaridorga yo‘l topish, xaridorni o‘rganish, xaridorni ishontirish, sotuv jarayonini amalga oshirish).Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo’llaniladi:
• tovarni peshtaxta orqali sotish;
• tovarni xaridor o’ziga-o’zi xizmat qiladigan usulda sotish;
• tovarni ochiq yoyib qo’yib sotish;
• tovar na‘munalarini ko’rsatib sotish;
• tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.
Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo’lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: tovarlarni ko’rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisobkitob qilish va haqi to’langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi Xaridorlar o’ziga-o’zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni devorlari yoniga yoki o’rtasiga terib qo’yilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga o’zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do’kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to’lanadi. Tovarni ochiq yoyib qo’yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan o’zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. Xaridorlar o’ziga-o’zi xizmat qiladigan usulda bo’lgani kabi tovarlarni ochiq yoyib qo’yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to’la tayyor holda chiqariladi. Tovarlarning namunalarini ko’rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo maydoniga qo’yilgan namunalarga qarab o’ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to’lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do’kondan oladi yoki qo’shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.
Merchandayzing (ingl. merchandising) – marketing jarayonining tovarni do’konda sotish uslubiyatini belgilab beradigan qismi. Merchandayzing – savdo binolarida, eng avvalo, chakana savdo yuritishda amalga oshiriladigan va xaridorni tovar oldiga olib kelish va maksimal xarid ehtimolini ta‘minlaydigan qulay vaziyat yaratishga qaratilgan marketing tadbirlari kompleksi. Merchandayzing chakana do’konda sotilayotgan tovarlar to’plamini, tovarlarni joylash usullarini belgilab berishi, ularni reklama materiallari va narx ko’rsatkichlar bilan ta‘minlashi ko’zda tutilgan. Merchandayzing tushunchasi umuman savdoga (xizmatlar, ulgurji sotuvlar, internet-magazin orqali chakana sotuvlar) qo’llab bo’lmaydi.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling