35. Marketing muhiti
Faol marketing (texnologik taraqqiyot ixtiro, innovatsiya)
Download 65.23 Kb.
|
marketing javoblari
51.Faol marketing (texnologik taraqqiyot ixtiro, innovatsiya).
Tashkilotlarni strategik boshqaruv faol marketing konsepsiyalariga asoslangan. Strategik rejalarni realizatsiya qilish umumfirma taktik yoki operativ rejalari tizimini tuzishni ko‘zda tutadi. Masalan, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moliyaviy reja va boshqalar. Jamlangan (yig‘ma) reja ko‘p hollarda biznes-reja ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Korxonani boshqarishga asoslanuvchi faol marketing konsepsiyasi marketing dasturi (biznes-reja) strukturasida yaxshi ko‘rinib turadi. Marketing rejasi biznes-reja ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. U biznes-rejaning bir emas, bir necha bo‘limida tarkibiy qism sifatida qo‘shiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo, asosan, ishlab chiqarish vositalari bozorida tarqalgan. To‘g‘ridan to‘g Ishlab chiqaruvchi va xaridorning to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalari munosabatlar marketingi rivojlanishi (interfaol marketing) asosini tashkil etadi, bunda foyda manbayi tovar emas, mijoz hisoblanadi. Yangilik kiritishga yo‘nalish bozorda raqobatli pozitsiyani saqlab turish uchun zarur. Iste’molchilar so‘rovlari o‘ta tez o‘zgaradi, shuning uchun yangi texnologiyalar, texnikalar, materiallarni o‘zlashtirish, bozorga yangi tovarlar joriy etish va mavjudlarini mukammallashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish savdoni va reklama faoliyatini rag‘batlantirish, tovarlar harakati va savdo (o‘tkazish)da yangi vositalar yaratish zarur. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, mahsulotlar muhandislik fikrining ideal ixtirosi bo‘lishi mumkin, biroq u iste’molchilar muammolarini hal qilmasa, shunchaki buyum sifatida qoladi, tovar bo‘la olmaydi hamda marketolog va iste’molchi uchun ortiqcha buyum bo‘ladi. Bozor innovatsiyasi deganda mavjud mahsulot bo’yicha yangi g’oyani olish, shuningdek yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish tushuniladi. Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo’llashni ko’zda tutadi va amalga oshirish shakli bo’yicha tovar differensiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo’linadi. Download 65.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling