35. Marketing muhiti


Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari


Download 65.23 Kb.
bet34/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
marketing javoblari

Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati –Sayrus Makkormek nomi bilan bog’lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo‗yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma‘ruzalar o‗qitila boshladi.1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G’arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo’ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro marketing federatsiyasi, Evropa Akademiyasi va shunga o’xshashlar yuzaga keldi.
Marketing rejasi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir:
1. Korxonaning imkoniyatlari tahlili(holatli tahlil)
Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo‗nalishlari. Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
2. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(marketing sintezi).
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish yo‗llarini aniqlash.
3. Strategiyani ishlab chiqish.
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko‗zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash).
4. Rejani ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.
5. Nazorat qilish.
Marketing konsepsiyasi nimani ifodalaydi?
Marketing konsepsiyasi (marketing faoliyati konsepsiyasi) – bu shunday yo‗l yoki yondashuvki, uning asosida korxona o‗zining marketing faoliyatini yurgizadi.
Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
• ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
• marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
• marketing strategiyasini aniqlash;
• rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirilayotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
•Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili.
•Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash.
•Marketing strategiyasiniasoslash.
•Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini tanlash.
Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi:
1.Ishlab chiqarish.
2.Tovar.
3.Sotuv.
4.An’anaviy.
5.Ijtimoiy – etik.
6.O‘zaro ta’sir marketingi.
Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug‘ullana borib, bir qancha konseptual yondashuvlarni qo‘llash mumkin: ishlab chiqarishni va tovarni mukammallashtirish, tijorat kuchlarini jadallashtirish, iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik marketing.
Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozorning rivojlanish bosqichlariga mos keladi.
Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki norma bo‘lib xizmat qiladi, degan fikr noto‘g‘ri. Marketing evolyutsiyasi har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo‘lishi va konsepsiyalar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozorning rivojlanishi bilan mustahkam bog‘liq.
Konsepsiya-lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi . Keng ma’noda konsepsiya so‘zi u yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo‘nalishi, g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo‘nalishidir. Konsepsiya komponentlari g‘oya, strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling