35. Marketing muhiti


Download 65.23 Kb.
bet37/38
Sana23.04.2023
Hajmi65.23 Kb.
#1385649
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
marketing javoblari

50. Xarajatlar tarkibi. Xarajatlat tarkibi sotish xarajatlari, marketing xarajatlari va foydani oz ichiga oladi.Sotish xarajatlari bu mahsulot yoki xizmatlarni xaridorlarga targ'ib qilish va sotish uchun sarflanadigan narsalar. Ushbu xarajatlarga reklama kampaniyalari va do'kon namoyishlaridan tortib to xaridorlarga mahsulot etkazib berishgacha bo'lgan har qanday narsalar kiradi. Shuning uchun mahsulotni sotish bilan bog'liq har qanday xarajatlar sotish xarajatlari hisoblanadi. Ular kompaniyaning operatsion xarajatlarini tashkil etadigan uch turdagi xarajatlardan biridir. Qolganlari ma'muriy va umumiy xarajatlardir.Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish bo’yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sarf va chikimlar yig’indisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: marketing bo’limi, amortizatsion ajratmalar, marketing bo’limining normal faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Foyda - [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi.
45. Marketingda narx siyosati
Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora – tadbirlari yig‘indisi; bu ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon’yunkturasini,shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor ehtiyojini qondirishdagi tovar va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir.Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir:
-bozorda korxona mavqeini saqlab qolish;joriy foydani maksimallashtirish;
- bozor ulushi bo‘yicha liderlik;
- tovar sifati bo‘yicha liderlik.
Narx bilan iste’molchilar o‘rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumikn. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko‘proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqadorligiga to‘g‘ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko‘proq tovar aylanmasi hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo‘ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari va boshqalar

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling