36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima?
Sof ijtimoiy mahsulot ikki xil xususiyatga ega
Download 36.82 Kb.
|
MIKRO JAVOB 36-70
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof xususiy ne’mat
Sof ijtimoiy mahsulot ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qilishda tanlanmaslik va iste’moldan ajratilmaslik. SHunday xususiyatga ega bo’lgan ijtimoiy ne’matga armiya va militsiya xizmati kiradi. Iste’molda tanlanmasligi xususiyati shuni bildiradiki, sof ijtimoiy ne’matni bir kishi tomonidan iste’mol qilinishi boshqa bir kishining ushbu ne’mat iste’molini kamaytirmaydi. Iste’moldan ajratilmaslik xususiyati shundan iboratki, hech bir kishiga iste’mol qilish (hatto u ushbu iste’mol uchun to’lashdan voz kechsa ham) man qilinmaydi. Sof xususiy ne’mat - bu shunday ne’matki, uning har birligi ma’lum to’lovga sotiladi. Sof ijtimoiy ne’matning sof xususiy ne’matdan asosiy farqi - u bo’laklarga bo’linmaydi va bo’laklarga bo’linib ham sotilmaydi. Sof ijtimoiy mahsulotning bo’laklariga narx belgilash ham mumkin emas. Sof ijtimoiy mahsulotga bo’lgan umumiy talabni aniqlash ham o’ziga xosdir.
39.Davlat bozorni tartibga solish uchun qanday hollarda u bozor faoliyatiga aralashadi ? 39. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish dеganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun chеklangan iqtisodiy rеsurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi. Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo’ladi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tеgishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mеxanizmi to’g’risida to’laroq tasavvurga ega bo’lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to’laroq tavsiflash lozim. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kеlib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo’jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo’ladi. Bozor xo’jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo’ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin: bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish 40. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda davlatning roli nimalardan iborat ? 40. Davlatning asosiy ikvtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi: 1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xukukiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash; 2. rakobat muxitini yaratish va uni ximoya kilish. 3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maksadida resurslarni kayta taksimlash; 4. atrof muxitni ximoya kilish; 5. daromad va boyliklarni kayta taksimlash; 6. iktisodiyotni barkarorlashtirish, ya`ni, iktisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat kilish xamda iktisodiy o`sishni ragbatlantirish. Davlat bozor iktisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iktisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi. Tashki savdoni tartibga solish vositalari orkali xam davlat o`z ishlab chikaruvchilarini ximoya kiladi(bu masalalar o`kuv ko`llanmasining tegishli mavzularida ko`rib chikiladi). Download 36.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling