36. Bozor nima, bozorning zaif tomonlari nima?


Download 36.82 Kb.
bet5/7
Sana04.01.2023
Hajmi36.82 Kb.
#1077126
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MIKRO JAVOB 36-70

41. O’zaro bir-birini o’rnini to’ldiruvchi va o’rnini bosuvchi ne’matlarni tushuntiring . Ularga misollar keltirinng ?
41. Bir-birini o’rnini bosuvchi ne’matlar - bu bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlardir. Masalan, shaxsning go’sht mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini mol go’shti, qo’y go’shti yoki parranda go’shti bilan qondirish mumkin. Odatda, bir-birini bosuvchi tovarlardan biri narxining oshishi, boshqasiga bo’lgan talabni oshishiga olib keladi.

O’zaro bir – birini to’ldiruvchi ne’matlar – bu shaxsni yoki ishlab chiqarish ehtiyojini kopmlektlarda qondiradigan ne’matlar. To’ldiruvchi ne’matlardan biriga talab oshsa, qolganlariga ham talab oshadi.
42. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tizim nima ?
42. Ma‟muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim – resurs va daromadlarning ishlab 
chiqarilishi, taqsimoti davlat tomonidan hal etiladi, hamma moddiy resurslar va ishlab chiqarish 
mahsulotlari davlatga tegishli ekani bilan tavsiflanadi. 
43. Bozor iqtisodiyotining afzalikklari nimalardan iborat ?
43. 1) resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo ztadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi;

2) erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko’plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy x,amkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur kilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.


Download 36.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling