36. So‘zlashuv uslubiga xos matn tuzing
Arab tilidan o‘zlashgan 9 ta so‘z yozing
Download 68.01 Kb.
|
Yakuniy nazorat javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Shuru
- 56. Og‘zaki va yozma nutqning farqlari haqida gapiring.
54. Arab tilidan o‘zlashgan 9 ta so‘z yozing.
1. Sadoqat- chin qalbdan berilganlik sodiqlik, vafodorlik. Sadoqat bilan vatanga xizmat qilmoq 2. Salovat – diniy gunohidan o’tish va kechirim 3. Toqat – chidash, bardosh 4. Uzlat – kishilardan uzoq yakka holda yashash 5. Foniy – tez o’tib keladigan o’tkinchi omonat 6. Forig’ – biror ish harakatidan holilik 7. Shuru – biror narsaga kirishmoq 8. E’tidol – biror tekislikdagi mo’tadil holat 9. Ehtido – to’g’ri yo’l bilan boorish, og’maslik 55. Sharq voizlik san’ati vakillari kimlar? Qadimgi sharq voizlik san’ati vakillari – O’rta osiyoda notiqlik san’atini rivojlanishi (voizlik, voiz, va’z). Ar Roziy (IX asr oxiri va X asrning boshlarida yashab ijod etgan). Abu Nasr Farobiy (IX – X asrlarda ijod etgan). Abu Nasr Farobiyning nutq va aql to’g’risidagi fikrlari (til gramatika mantiq). Abu Ali Ibn Sino (980 – 1037 yillarda yashab ijod etgan). Ibn Sinoning ta’lim - tarbiya va nutq haqidagi fikrlari. Nasixat qilish haqida Mavlono Riyoziyning notiqlik faoliyati va notiqlik san’ati haqidagi fikrlari (harakat, mimika, aktyorlik, emotsionallik). A. Navoiy ijodi va notiqlik haqidagi fikrlari (haqqoniylik, soddadil, el uchun foydali bo’lishi). Voizga qo’yiladigan talablar (tasirchan so’z, yangi xabar, bilimdonlik, so’z va ish birligi, qisqalik va ravshanlik). So’z kuchi va uning inson psixikasi ta’siri. So’z fikrining o’zgargan shakli sifatida. 56. Og‘zaki va yozma nutqning farqlari haqida gapiring. Og’zaki nutqda fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi. Og’zaki nutq so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag’al bo’ladi.. Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi, bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir. Og’zaki so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang, urg’u, turli xil imo - ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi. YOZMA NUTQ OG’ZAKI NUTQDAN QUYIDAGI XUSUSIYATLARI BILAN AJRALIB TURADI Nutqni yozayotgan muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. U o’z nutq qismlarini va butun nutqni qaytaqayta tahlil qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko’paytirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir. Adabiy tilda uning har ikkala shakli uchun xos bo‘lgan betaraf va uslublararo ifoda vositalari bilan bir qatorda, adabiy tilning faqat bir shakli og‘zaki yoki yozma shakli uchun xos til unsurlari, vositalari ham bo‘ladi. Umumuslubiy va uslublararo shakllarga birinchi navbatda tilning morfologik birliklari kiradi. Til vositalarini morfologik belgilariga qarab ikki guruhga — og‘zaki va yozmaga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. Shunga qaramay, bu shakllarning o‘ziga xos ayrim xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin. Jumladan, adabiy tilning og‘zaki shaklida ot va sifat turkumlariga xos his-tuyg‘u, ta’sirchanlikni ifodalovchi shakllar (bolakay, qizgina, erkatoy, kichkintoy, kichkina, kattakon); takror, davomiylik, kuchaytirish ma’nolarini ifodalovchi fe’lning tahliliy shakllari (ataylab, oshirib yubormoq, kelib qolmoq, turtkilab qo‘ymoq, o‘qib chiqmoq) hamda yozma adabiy shaklga xos ot va sifat turkumlaridagi tahliliy shakllar (sezgirlik bilan, telefon orqali, tezkorlik asosida, nihoyatda ko‘rkam, g‘oyat baland); -lik, -chilik, -lashtirish kabi affikslar yordamida yasalgan so‘zlar (o‘qituvchilik, dehqonchilik, parrandachilik, radiolashtirish, avtomatlashtirish) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Download 68.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling