36. So‘zlashuv uslubiga xos matn tuzing


Yunon notiqlik san’ati vakili Demosfen haqida ma’lumot bering


Download 68.01 Kb.
bet10/15
Sana15.06.2023
Hajmi68.01 Kb.
#1485367
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblari

62. Yunon notiqlik san’ati vakili Demosfen haqida ma’lumot bering.
Umrini ona-vatanining gullab-yashnashiga bagʻishlagan davlat arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan avvalgi 384-yilda Afinada oʻziga toʻq oilada dunyoga keldi. Otasining ismi ham Demosfen boʻlib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi.
Boʻlajak notiq 5 yoshga toʻlganida otasidan ajraldi. Demosfen bilan singlisiga otasidan katta meros qoldi. Bolalarning tarbiyasi bilan ularning togʻasi shugʻullandi. Biroq togʻasi hamma boyliklarni qoʻlga kiritgach, bolalarning tarbiyasi bilan qiziqmadi. Shuning uchun Demosfen juda nimjon va kasalmand boʻlib oʻsadi.
Demosfen voyaga yetgach, togʻasi unga faqat qullari, uy va uy jihozlarini hamda pulning maʼlum qisminigina berib aldaydi. Demosfen togʻasidan qolgan mol-mulkni yaxshilik bilan qaytarib berishni soʻraydi. Biroq togʻa bundan bosh tortganidan keyin u qolgan merosni sud orqali undirishga harakat qiladi. Sudda muvaffaqiyatli qozonish uchun Afinaning davlat qonunlarini yaxshi bilish, shu bilan birga, ravon soʻzlash, daʼvosining toʻgʻriligiga kishilarni ishontirish kerak edi. Shu sababli Demosfen notiqlik saʼnatini oʻrganish uchun oʻz davrining meros ishlari boʻyicha mashhur advokat Isey maktabida taʼlim olishga majbur boʻladi.


63. Verbal va noverbal muloqot nima,ularga misollar ayting.
Odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan ko’rish, eshtish, hid bilish hamda boshqa tasavvurlar. Odam muloqotning noverbal shakl va vositalarning ko’pchiligi tug’ma bo’lib, faqat o’ziga o’xshashlar bilan emas, balki boshqa tirik jonzotlar bilan ham hissiyot va hulq – atvor darajalarida hamfikrlikka erishish orqali o’zaro ta’sir ko’rsatishga imkon beradi.
Verbal muloqot faqat insonga xos bo’lib, zarur shart sifatida tilni o’zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o’zidaham axborot manbai sifatida suhbatdosh o’zaro ta’sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Buyuk shoir Sa’diyning so’zlarini yodda tutish lozim: “ Aqling bormi yoki yi’q, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir so’z bilan aytmaguningcha “. Verbal (nutq) muloqot tarkibiga: so’zlar, iboralar ma’nosi va mohiyati kiradi. Asosiy o’rinni so’zni qo’llanilish aniqligi, uning ifodalanishi va hammabopligi, tovushlar, so’zlar talaffuzi, ohang ifodasi va mohiyati egallaydi. Nutqdagi tovush hodisalari: nutq jadalligi, tovush balandligi, modulyasiyasi, tovush toni, nutq vazni, tovush sifati, ohangi aniqligidan iborat. Tovush sifatining ifodalanishi o’ziga xos mahsus tovushlar: kulgu, hiqillash, yig’I pichirlash xo’rsinishlar va boshqalar; ajratuvchi tovushlar – bu yo’tal; ahamiyatsiz tovushlar – tanaffuslar, shuningdek, nazalizatsiyatovushlari – “xm, xm”, “e-e-e”, “o-o-o” va boshqalar.

Download 68.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling