36. So‘zlashuv uslubiga xos matn tuzing


Perefraza (havola, iqtibos, sitata) haqida gapiring


Download 68.01 Kb.
bet13/15
Sana15.06.2023
Hajmi68.01 Kb.
#1485367
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblari

68. Perefraza (havola, iqtibos, sitata) haqida gapiring.
Sitata va havolalar. Foydalangan ma’lumotlaringiz manbalarini to‘g‘ri ko‘rsatilishi muhim hisoblanadi. Siz buni ikki xil usulda amalga oshirishingiz mumkin. Ikki usulda ham kurs ishi oxirida foydalanilgan havola va sitatalatni qaytadan keltirib o‘tilishi lozim. Misol: Smit (2009) fikriga ko‘ra foydali sport vositalari(transportlari) mantiqsizdir. Ular qimmat bo‘lishiga qaramay, yo‘llarda deyarli haydalmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda bu transportlar yo‘l xavfsizligi uchun keraksizdirlar (Smit, 2009:37). (Bu yerda gap qimmat sport avtomobillari haqida ketmoqda
Perifraza, perifraz (yun. periphrasis — tasviriy ibora; kinoya, istiora) — borlikdagi narsa va voqealarning nomini toʻgʻridan-toʻgʻri atamasdan, ularni bilvosita, yaʼni turli xil soʻz yoki tasviriy iboralar bilan ifodalash; majoziy ifodalardan biri (mas, "sher" oʻrnida "hayvonlar shoqi"; "paxta" oʻrnida "oq oltin", Alisher Navoiy oʻrnida "oʻzbek adabiy tilining asoschisi" iboralarining koʻllanishi). P.da tasvirlanayotgan tushunchaning ayni matn va vaziyat uchun eng muhim sifati, belgisi, xususiya-ti birinchi oʻringa qoʻyiladi. P.ning asosiy vazifasi matnning ifodaviyligini, bayonning taʼsirchanligini oshirishdir.
Iqtibos (arab. — ziyo olmoq), sitata — biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi. Iqtibos, asosan, ilmiy (koʻpincha gumanitar) va rasmiy nutqda ishlatiladi hamda qoʻshtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi; shuningdek, manbaga havola qilinadi. Bunday koʻchirmalar foydalanuvchining fikri bilan qiyoslanganda uning mohiyatini toʻgʻri tushunish imkonini beradi. Masalan, badiiy adabiyotning, soʻzning gʻoyaviy-estetik taʼsir kuchi, ahamiyatini quroldan ham kuchliroq ekanligi toʻgʻrisidagi fikrni mustahkamlash maqsadida P. Tursunning "Adabiyot zambarakdan zoʻr" yoki A. Qahhorning "Adabiyot atomdan kuchli" degan soʻzlarini yoki boʻlmasa, "tigʻ yarasi bitar, ammo til yarasi bitmas" maqolini iqtibos sifatida qoʻllash mumkin. Iqtibosdan koʻp hollarda epigraf va shior oʻrnida ham qoʻllaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, Iqtibosda orfografiya va punktatsiyani oʻzlashtirish, soʻz (soʻzlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda koʻp nuqta bilan belgi qoʻyiladi).

Download 68.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling