36. So‘zlashuv uslubiga xos matn tuzing


Nutq odobi. Nutqning kommunikativ sifatlari


Download 68.01 Kb.
bet11/15
Sana15.06.2023
Hajmi68.01 Kb.
#1485367
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblari

64. Nutq odobi. Nutqning kommunikativ sifatlari.
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi.
Nutqning kommunikativ sifatlari – aniqlik, mantiqiylik, soflik, boyligi, qisqa va lo’ndaligi
65. Terminlar haqida ma’lumot bering.
Termin (lotincha: terminus — „chegara“, „had“) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Termin umum xalq muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, histuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar terminga xos xususiyatlardir. Biologiya, matematika, tilshunoslikda qoʻllanadigan „funksiya“ soʻzini koʻp maʼnoli termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha terminining ikkinchi soha termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan termin ning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir. Masalan, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha terminlari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.



Download 68.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling