36. So‘zlashuv uslubiga xos matn tuzing


Hujjatchilik tarixi. Xammurappi qonunlari


Download 68.01 Kb.
bet8/15
Sana15.06.2023
Hajmi68.01 Kb.
#1485367
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Yakuniy nazorat javoblari

57. Hujjatchilik tarixi. Xammurappi qonunlari.
Hujjatchilik tarixi. Xammurappi qonunlari – Bobilning mil avv 1792 – 1750 – yillardagi shoxi Xammurapi, 2112, 2094 Ur Nammu yaratgan qonunlar xujjatchilikning eng dastlabki ko’rinishlaridir. Kam sonli bo’lishiga qaramay bu hujjatlar juda adolatli va jazoning qattiqligi bilan farqlanadi. VIII asrlarga oid bo’lgan 80 ga yaqin hujjatni jamlagan Panjakent shahri yaqindagi qasr xarobalardan topilgan hujjatlar Sog’d davlati 800 ga yaqin hujjatni jamlagan 1588 – 1591 – yillarda yozilgan “Vasiqalar to’plami Samarqand davlati ijtimoiy – siyosiy holati haqida ma’lumot beradi.
Hammurapi qonunlari Ibtidoiy jamiyatda paydo boʻlgan Yozilmagan xulq-atvor qoidalari normalarining amal qilishini birlashtirish va toʻldirishga moʻljallangan mavjud huquqiy tartibotning katta islohoti natijasidir. Qadimgi Mesopotamiya mixxat huquqi taraqqiyotining choʻqqisi sifatida qonunlar koʻp asrlar davomida Qadimgi Sharqning huquqiy madaniyatiga taʼsir koʻrsatgan.


58. Hujjat deb nimaga aytiladi va ularning qanday turlari bor?
Hujjat — O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Hujjat matnlari mazmunan lo‘nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap tuzilishiga ega bo‘lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.
Huquq fanida H. deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiklovchi, yozma aktlar tushuniladi. H. sud ishlarini yuritishda faktlarni aniklash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. H.larni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (qarang Xujjatlarni qalba-kilashtirish).
U yoki bu darajadagi korxona, muassasa, tashkilot faoliyatini ish yuritish qog`ozlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Ish yuritishning bеvosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmuman, hajman va shaklan bir xil bo`lgan hujjatlar kattayu kichik mеhnat jamoalarining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.
Hujjatlar avvalo tuzilish o`rniga ko`ra 2 xil bo`ladi : ichki va tashqi hujjatlar. Tashkilotning o`zida foydalaniladigan hujjatlar ichki hujjatlar dеyilsa, tashkilotlararo qo`llanuvchi hujjatlar tashqi hujjatlar sanaladi.
Mazmuniga ko`ra hujjatlar sodda va murakkab bo`lsa, mazmun bayonining shakli jihatdan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi.
Tеgishlilik jihatiga ko`ra rasmiy va shaxsiy hujjatlar ajratiladi.
Tayyorlanish xususiyat va darajasiga ko`ra qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat), ko`chirma hujjatlar farqlanadi.
Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqеiga ko`ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi : tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.

Download 68.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling