37-savol Budjet ijrosini nazorat qilishni yoritib bering
moddasi 1-qismi 11-bandida
Download 212.42 Kb. Pdf ko'rish
|
kayumova sh parlament huquqi yakuniy nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-moddasida navbatdagi yil uchun O‘zbekiston
moddasi 1-qismi 11-bandida Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish huquqiga ega ekanligi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to’g’risida”gi Qonunining quyidagi moddalarida davlat budjetining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi tartibi belgilangan:
fikrlar va takliflar ishlab chiqish uchun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga, fraksiyalarga (deputatlar guruhiga) topshiriladi. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi barcha fraksiyalar (deputatlar guruhi), manfaatdor tashkilotlar hamda ekspert guruhlarining fikrlari va takliflarini o‘n kun ichida to‘plab, Davlat budjetining loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni amalga oshiradi. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi majlislarining kuni va vaqti to‘g‘risida boshqa qo‘mitalarga rasmiy ravishda xabar qilinadi. Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning Davlat budjetining loyihasi to‘g‘risidagi axboroti eshitiladi. Davlat budjetining loyihasiga doir materiallar mazkur loyiha Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilguniga qadar oldindan deputatlarga yetkaziladi.
muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi, keyin Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasi eshitiladi. Bunda Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining vakili fraksiyalarning (deputatlar guruhining) Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. Ma’ruzalar bo‘yicha muhokama o‘tkaziladi. Fraksiyalarning (deputatlar guruhining) qaror loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim. Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha Qonunchilik palatasining fikrlari va takliflari uch kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi. 164-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qonunchilik palatasining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda Davlat budjeti loyihasini o‘n to‘rt kun ichida maromiga yetkazadi hamda Davlat budjetining maromiga yetkazilgan loyihasini Qonunchilik palatasiga ikkinchi o‘qish uchun yuboradi. Maromiga yetkazilgan Davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ma’ruzasi bilan boshlanadi, keyin Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi vakilining qo‘shimcha ma’ruzasi eshitiladi. Davlat budjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15- noyabridan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi kerak. 165-modda. Davlat budjeti loyihasining muhokamasi natijalari bo‘yicha Qonunchilik palatasi kuyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: Davlat budjetini qabul qilish to‘g‘risida; Davlat budjeti loyihasini rad etish haqida. Davlat budjeti loyihasi rad etilgan taqdirda Davlat budjeti loyihasi qabul qilinmaganligining sabablari xarajatlar va daromadlarning aniq moddalari ko‘rsatilgan holda to‘liq asoslab beriladi. Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan Davlat budjeti loyihasi maromiga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qaytariladi. Davlat budjeti to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror mazkur budjet qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisi Senati Reglamenti to’g’risida”gi Qonunining 16-moddasida navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Download 212.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling