370 Teri Kasalliklari


Agar biror dori ichilgani yoki ukol qilinganidan so‘ng yoki sizga


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana22.07.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1661705
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
uz la wtnd 2015 15

Agar biror dori ichilgani yoki ukol qilinganidan so‘ng yoki sizga 
toshma yoki eshakem toshsa, yoki boshqa bir allergik reaksiya 
ro‘y bersa, ushbu dorini ishlatishni to‘xtating va umringizda uni 
qayta ishlatmang!
Bu xavfl i ! ALLERGIK SHOKning oldini olish uchun juda muhim 
(159-bet).
Davolash:
♦ Sovuqroq suvda cho‘miling yoki sovuq suvli kompresslar qiling, 
sovuqroq suvga namlangan sochiq qo‘ying.
♦ Suli(ovsyanka) qaynatmasidan sovuq kompress qo‘yish ham 
qichishishni pasaytiradi. Sulini(ovsyanka) suvda qaynating, uni suzing va 
suvi sovigandan so‘ng ishlating. (Suli o‘rniga kraxmal ishlatish ham mum-
kin.)
♦ Antigistaminlar - allergiyaga qarshi dorilardan foydalaning (677- 
bet). Agar allergiya sababchisi ovqat bo‘lsa, u xolda yuqoridagi ovqatlar-
ni iste’mol qilmang. Tarvoq yo‘qolgach, xar 2-3 kunda ulardan bittasini 
iste’mol qilib, natijasini ko‘ring. Tarvoq yo‘qolmasa, tibbiy yordamga muro-
jaat qiling.
♦ Bola o‘zini qashlamasligi uchun uning 
tirnoqlarini juda kalta qilib oling, qo‘llariga 
qo‘lqop yoki paypoq kiygizib qo‘ying.
♦ Qatiq iching (732-bet).


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
386
QICHISHTIRADIGAN YOKI TERINI KUYDIRADIGAN 
O‘SIMLIK VA BOSHQA NARSALAR.
Gazanda - qichitqon o‘t (krapiva), qul-
moq (xmel), anjir barglari va boshqa o‘sim-
liklarga tegish teri qavarib ketishiga va qichish-
adigan toshmalar toshishiga sababchi bo‘lishi 
mumkin. Ma’lum kapalaklar qurti va boshqa 
hashoratlarning suyuqligi yoki tuklari ham bun-
day reaksiyalar sababchisi bo‘lishi mumkin.
Allergiyasi bor odamlardagi toshmalar 
yoki „suvli” yaralar, ma’lum narsalarni qo‘lga 
olish yoki teriga qo‘yish natijasida kelib chiqishi 
mumkin. Rezina poyabzal, soat tasmasi, quloq 
tomchilari va boshqa dorilar, yuz kremlari
attorlik mahsulotlari yoki sovunlar ham bunday 
teri muammolariga olib kelishi mumkin.
Davolash:
Hamma o‘zgarishlar, ularni qo‘zg‘atadigan narsa teriga takroran 
tegmasa, o‘z- o‘zidan yo‘qolib ketadi. Sulidan(ovsyanka) qilingan atala va 
sovuq suv qichishishni pasaytiradi. Aspirin yoki antigistaminlar (677-bet) 
ham yordam berishi mumkin. Og‘ir hollarda, siz tarkibida kortizon yoki 
kortikosteroid gormonlari bor (670-bet) (Gidrokortizon kabi) kremlardan(-
surtmalardan) ishlatishingiz mumkin. Infeksiyaning oldini olish uchun, 
ta’sirlangan joylarni toza tuting.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling