3–mavzu. Standartlashtirish bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, va standartlashtirish xizmatlari Reja


 Standartlashtirish davlat tizimi tushunchasi va mohiyati


Download 162.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.10.2023
Hajmi162.7 Kb.
#1707003
1   2
Bog'liq
3-maruza

2. Standartlashtirish davlat tizimi tushunchasi va mohiyati 
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O‘z.SDT) standartlashtirish 
tarmoqlararo tizimi (STT) ning tasnifi bo‘yicha I klassga kiradi. STT alohida 
guruhlar (sinflar) ga birlashtirilgan, tarmoqlararo tashkiliy-metodik va 
umumtexnikaviy asos bo‘luvchi me'yoriy hujjatlar majmuidan iborat. O‘z SDT, 
standartlashtirishning asosiy vazifasidan kelib chiqqan holda, faoliyatning barcha 
sohalarida tartibga tushirishga qaratilgan iliiy-texnikaviy faoliyat sifatida, 
standartlashtirish ishlarining o‘zini tashkillashtirish va o‘tkazish tartibini belgilaydi. 
Bunda O‘z SDT, tizim sifatida, umumiy holda, “Bir-biri bilai munosabatda va 
alokada bulgan, ma'lum bir butunlikni, harakatda yagonalikni tashkil etuvchi 
elementlarning ma'lum tartibi yoki to‘plami” tizim ta'rifidan kelib chiqadi. Demak, 
O‘z SDT “ma'lum butunlik, yagonalikdan” iborat bo‘lib, faqat “harakatda”, ya'ni 
doimiy va muttasil ravishda mukammallanish, rivojlanish, dolzarblanish 
sharoitlarida ishlaydi. 


O‘z.SDT me'yoriy hujjatlarni rejalashtirish, ishlab chiqish, kelishish, davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini o‘rnatadi; me'yoriy hujjatlarni tekshirish, bekor qilish, 
qayta ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartarishlar kiritish; mahsulot ishlab chiqarishni 
me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlash, xizmat ko‘rsatish, tashish, saqlash, xaridga 
chiqarish, ta'mirlash, ishlatish (ist'emol qilish), qayta foydalanish (utilizatsiya); 
me'yoriy hujjatlarning ilmiy-texnikaviy darajasini ekspertizadan o‘tkazish va 
baholash ishlarini o‘tkazish usullari; xalqaro, davlatlararo, hududiy, xorijiy 
standartlarni qo‘llanish usullari va h.k. tartibini o‘rnatadi. 
Asos bo‘luvchi standartlar barcha STT dagi, masalan, Konstruktorlik 
hujjatlarining yagona tizimi (O‘z. KHYaT), Texnologik hujjatlarning yagona tizimi 
(O‘z.THYaT), 
Mahsulot 
sifati 
ko‘rsatkichlari 
tizimi 
(O‘zMSKT), 
Sertifikatlashtirish milliy tizimi (O‘Z SMT), Texnik-iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni 
tasniflash-kodlash yagona tizimi (O‘z.TIIA TKYaT), o‘lchashlar birliligini 
ta'minlash davlat tizimi (O‘z O‘DT), Mahsulot yaratish va ishlab chiqarishni tashkil 
qilish tizimi (O‘z.MYaIChQT), Akkreditlash tizimi (O‘z. AT), Mahsulotni sinash 
tizimi (O‘z.MST), Sifat tizimi (O‘z.ST) va b. dagi faoliyatlarni tartibga soladi. 
Xalqaro standartlardan foydalanish maqsadlarida SDT da Standartlashtirish 
bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) va Xalqaro elektrotexnik komissiya (MEK) ning 
atrof muhitni boshqarish tizimida, standartlar kataloglarini taqdim etish tartibida va 
xalqaro va hududiy standartlarni O‘zbekiston standartlari sifatida qabul qilish 
tartibida to‘rt xil nomli standartlar qabul qilingan. “Standartlashtirish to‘g‘risida” 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
qonuniga 
o‘zgartirishlar 
kiritish 
va 
standartlashtirishni yanada rivojlantirish va mukammallashtirishga qaratilgan, 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining standartlashtirish masalalari bo‘yicha 
qator qarorlari (12 avgust 1994 y., №410, 5 yanvarь 1998 y. №5, 3 oktyabrь 2002 
y. №342, 5 avgust 2004 y. №373) qabul qilinganligi munosabati bilan asos bo‘luvchi 
me'yoriy hujjatlarga keyingi yillarda 50 ga yaqin o‘zgartirishlar kiritildi. 
Uz SDT, har qanday tizim kabi, quyidagi muhim asoslarga tayanadi: 
• 
tashkiliy asoslar; 
• 
huquqiy asoslar; 
• 
tasniflash; 
• 
atamalar va ta'riflar; 
• 
asosiy qoidalar; 
• 
nazariy asoslar. 
Standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat bo‘ladi: 
• 
atamalarni standartlashtirish; 
• 
o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruktsiyaga va mahsulot 
texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish; 
• 
mahsulotning o‘zini standartlashtirish. 
ISO/MEKU tomonidan yaratilgan konsulьtativ kengash texnika rivojining 
yunalishini quyidagicha tavsiya qiladi: 
• 
standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni 
yaratish; 


• 
harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istikboli bo‘lgan texnikaviy 
yutuqlarga to‘plamok;
• 
bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik 
ishlarini, shu jumladan, ekologiya sohasidagi ishlarni, e'tiborga olgan holda yangi 
rejali ishlarni yaratish; 
• 
yetakchi mutaxassislar boshchiligida o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy 
ma'ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish; 
• 
sanoatning yuqori raxbarlari orasida yangi goyalarni targibot qilishga 
e'tiborni qaratmok. 
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‘plamok, ular 
asosida ta'riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmok hozirgi 
kunining talabi, xolos. 
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘plashda xalqaro 
standartlashtirish tashkilotlarining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma'lumotlarga, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ilk yaratilgan hujjatlar murojaat etiladi. 
Bu soxadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati 
ketma - ketligi bo‘yicha ma'lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan 
O`z DST I.I1.93 «O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. 
Asosiy atamalar va ta'riflar» standarti yaratildi. 
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi hujjatlar 
O‘zdavstandart huzuridagi O‘zTMTI institutida yaratilmoqda. 
O‘ZRST 1.0-92 «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. 
Asosiy qoidalar bo‘yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, 
hamda ushbuda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar bilan oldinrok tanishib chikdik. 
Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini
standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun – qoidalarini, me'yoriy 
hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy 
qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarining qo‘llanishini, standartlarga va 
o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi. 
Takrorlash uchun savollar 
1. 
O‘zbekiston Respublikasidagi standart toifalari. 
2. 
Davlatlararo standartlarning xalqaro standartlardan farqi. 
3. 
Respublika standarti davlatlararo maqomni olishi mumkinmi? 
4. 
Standartlarni belgilash tartiblari. 
5. 
MDX davlatlari bo‘yicha standartlashtirish. 
6. 
O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish xaqidagi qonuni. 

Download 162.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling