3–mavzu. Standartlashtirish bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, va standartlashtirish xizmatlari Reja
Download 162.7 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-maruza
3–mavzu. Standartlashtirish bo‘yicha davlat boshqaruv organlari, va standartlashtirish xizmatlari Reja: 1. Standartlashtirishning tashkiliy asoslari. 2. Standartlashtirish tizimi. 3. Standartlashtirish bo‘yicha davlat boshqaruv organlari. 4. Standartlashtirish bo‘yicha tayanchli tashkilotlar. 5. Korxonalarda va tashkilotlarda standartlashtirish xizmatlari. 1. Standartlashtirishning tashkiliy asoslari. Vazirlar Mahkamasining 2 mart 1992 yil №93 “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida” Qarori Sovet Ittifoqining parchalanishidan avval O‘zbekistonda standartlashtirish SSSR standartlashtirish davlat tizimi doirasida olib borilgan. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin o‘z tajribasiga va boshqa mamlakatlarning tajribasiga asoslangan holda standartlashtirishni boshqarishning xususiy modelini yaratish zarurati paydo bo‘ldi. Buning uchun birinchi navbatda tashkiliy masalalar yechildi, keyinchalik standartlashtirishning qonuniy asoslari shakllantirildi. Qarorda ko‘rsatilishicha, standartlashtirish buyicha ishlarni tashkillashtirish “O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e'lon qilish munosabati bilan, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish respublika milliy tizimini yaratish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek Mustaqil davlatlar hamkorligi davlatlari o‘rtasida xo‘jalik, savdo, ilmiy-texnikaviy va boshqa munosabatlarni saqlash, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisod va ilmiy-texnik hamkorlikda texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida” olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Davstandarti tashkilotlari va muassasalarini birlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzurida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish davlat markazi (O‘zdavstandart) tashkil etildi va unga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha respublika milliy idorasi vazifalari yuklatildi. O‘zdavstandart, shuningdek, SSSR Davstandartning O‘zbekistondagi vorisi deb belgilandi. O‘zdavstandart tarkibiga quyidagilar kiritildi: a) SSSR Davstandartning Butunittifoq malaka oshirish institutining filiali O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohasidagi tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash instituti (O‘z.TMTI) ga aylantirilgan holda. Shunday qilib, O‘rta Osiyo tarixida birinchi bo‘lib, O‘zbekistonda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta'minlash tizimlari bo‘yicha ilmiy tashkilot yaratildi; b) “Etalon” O‘zbekiston ishlab chiqarish birlashmasi (O‘z.IB) ning O‘zbekiston hududidagi filiallari va sexlari. Bunda, “Etalon” O‘z IB ishlab chiqarish korxonasi bo‘lganligi uchun bu Birlashma O‘zdavstandart tarkibiga metodik ishlar bo‘yicha kiradi, ma'muriy jihatdan esa, O‘zeltexsanoat assotsiatsiyasiga kiradi: v) Toshkent №2 “Standartlar” do‘koni; g) Qoraqalpoq, viloyatlar, Qo‘qon va Chirchiq standartlashtirish va metrologiya markazlari ularni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlarga (SMSHM) qayta o‘zgartirish yo‘li bilan, O‘zdavstandart idoralarini ishlab chiqarishga yaqinlashtirish maqsadida SMSHM joylarda tashkil etildi. Jumladan, keyingi yillarda Olmaliq, Bekobod va Toshkent SMSHM tashkil etildi. Qarorda respublikada qo‘llaniladigan me'yoriy xujjatlar ro‘yxati belgilandi, O‘zbekiyeton standarglashtirish davlat tizimi (O‘z. SDT) ning sgandartlashtirishning asosiy maqsadlarini belgilovchi standartlashtirish idoralari va xizmatlari va ularniig vazifalari aniqlandi; me'yoriy xujjatlardagi majburiy va tavsiya etiladigan talablarni belgilovchi, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga korxonaning standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqini beruvchi asosiy printsiplar tasdiqlandi. O‘zdavstandart to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi. Uning asosiy vazifasi mamlakatimiz mahsulotining sifati va raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida O‘z SDT, o‘lchashlar birliligini ta'minlash davlat tizimi (O‘z.O‘DT), Sertifikatlashtirish milliy tizimi (O‘Z SMT)ning ishlashi va takomillanishini ta'minlashdan iborat. Vazirlar Mahkamasining 3 oktyabrь 2002 y №342 “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori Qarorda asosiy vazifa – xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni takomillashtirish, shuningdek xalqaro standartlardan keng foydalaiish asosida mamlakatimiz mahsulotining sifatini ta'minlash va raqobatbardoshligini oshirish belgilangan. Bu maqsadda mahsulot va xizmatlarni, bunga yaqin sohalarni ham standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni boshqarish tubdan qayta tashkillashtirildi. O‘zdavstandart Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston agentligi (O‘zstandart Agentligi) ga o‘zgartirildi va unga O‘zdavstandartning huquq va majburiyatlari yuklatildi. O‘zstandart Agentligining asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi: – standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qonunlarga rioya qilinishini tekshirish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini va xavfsizligini ta'minlash va faoliyatning ko‘rsatilgan yo‘nalishlarida qonun va me'yoriy-huquqiy hujjatlarning bajarilishini ta'minlash; – standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari asosida yagona texnikaviy siyosatni amalga oshirish; – me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etish. Qarorda O‘zstandart Agentligining, uning hududiy idoralarining tashkiliy tuzilmalari, shuningdek agentlik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlari (SMS HM) standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari (SMB) va sinash va sertifikatlashtirish hududiy markazlari (SSM) tashkil etildi. Agentlik huzurida ishlarning yunalishlari bo‘yicha kollegiya, boshqarma va bo‘limlar tuzilgan. Hududiy boshqarmalarda: standartlashtirish; akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralarini va sinash laboratoriyalarini tekshirish; o‘lchash vositalari ustidan metrologik nazorat va tekshiruv; standartlar ustidan davlat nazorati; alkogol mahsulotlar sifati bo‘yicha inspektorlar bo‘limlari tashkil etilgan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Mahkamalararo kengash tashkil etilgan. Bunga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan: – afzal yunalishlarni aniqlash va standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qonun va me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish; – standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va yaratish kompleks dasturlarini ishlab chikish va Hukumatga taqdim etish; – standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarning faoliyatini muvofiqlashtirish. O‘zstandart Agentligi qoshida maxsus jamg‘arma tuzilgan. Bu jamg‘arma xo‘jalik yurituvchi sub'ektlardan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qonunlarni buzganligi uchun undiriladigan jarimalar; sertifikatlashtirish idoralarini va sinash laboratoriyalarini akkreditlash uchun olinadigan to‘lovlar; metrologik xizmat ko‘rsatilganligi uchun keladigan pul mablag‘lari; Sinash va sertifikatlashtirish Respublika markazi va uning tarkibiga kirgan akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari va sinash laboratoriyalarining daromadlari hisobiga shakllantiriladi. O‘zstandart Agentligining asosiy vazifalari, ishlari va huquqlari O‘zdavstandartning huquqiy meroschisi sifatida ilgaridek saqlanadi. Sertifikatlashtirish, shtrixli kodlash tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar kengaytirildi. O‘zstandart Agentligiga quyidagi huquqlar berilgan: – davlat idoralari va xo‘jalik boshqarmalari va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar, shu jumladan qo‘shma xorijiy sheriklar rahbarlarining agentlik vakolatidagi masalalar bo‘yicha hisobotlarini Mahkamalararo kengash majlisida eshitish; – tegishli idoralardan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar va tayanch tashkilotlar tuzishni talab etish. Vazirlar Mahkamasining 5 avgust 2004 yil № 373 “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston agentligi tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida” Qarori Qaror O‘zstandart Agentligining asosiy vazifalari saqlangan holda uning tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan. Axborot-ma'lumotnoma markazi tuzildi, xalqaro aloqalar bo‘limi sektorga aylantirildi, axborot texnologiyalarini joriy etish va sifat tizimini joriy etish bo‘limlari tugatilib, ularning ishlari tegishli boshqarmalarga berildi. Moliya-iqtisod bo‘limi boshqarmaga aylantirildi. Standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarida standartlashtirish va standartlar ustidan davlat nazorati bo‘limlari birlashtirildi. Maxsus jamg‘arma mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari kengaytirildi: standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha xalqaro va hududiy tashkilotlar bilan hamkorlik tadbirlariga va bu tashkilotlarga a'zolik badallarini to‘lash; kadrlar tayyorlash; asosiy fondlarni kapital ta'mirlash; davlat nazorati va b. O‘zstandart Agentligi to‘g‘risida qoida tasdiqlandi. Uning asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi: a) O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” Qonunlarini va standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun va me'yoriy-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta'minlash; b) xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha standartlarni qo‘llanish asosida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; v) standartlashtirish tizimlari, o‘lchashlar birliligi, sertifikatlashtirish, akkreditlash va bu sohalardagi iliiy-texnikaviy axborotlarni tarqatish, shuningdek ularni xalqaro, davlatlararo, xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirish; g) mahsulot, xizmatlar, ishlarning xavfsizligi va sifatiga talablarga rioya qilinishi va ishonchsiz o‘lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish bo‘yicha iste'molchilarning huquqlarini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; d) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish. Download 162.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling