4- amaliy mashg`ulot. Mavzu: Umurtqali hayvonlar sinflari yuzasidan masala va mashqlar yechish Darsning maqsadi


-rasm. Sutemizuvchilarining kalla suyagining tuzilishi


Download 248.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.09.2023
Hajmi248.69 Kb.
#1689859
1   2   3
Bog'liq
4 Amaliy mashg\'ulot

1-rasm. Sutemizuvchilarining kalla suyagining tuzilishi 
Ijodiy izlanishli masala va mashqlarni yechish jarayonida esa o`quvchilar avval o’zlashtirgan 
bilimlarini yangi vaziyatlarda ijodiy qo’llaydi. 
Masalan, zoologiyani o`qitishda foydalaniladigan mashqlar ichida o`quvchilarning avval 
o’zlashtirgan bilimlaridan foydalanish imkonini beradiganlari va o’z javoblarini dalillash zarur 
bo’lgan mashqlar ham uchraydi. Mazkur mashqlar o`quvchilarning qiziqishini orttirish bilan 
birga mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantiradi. 
 
2-rasm. Ko`rshapalaklar 
Jumladan, ushbu topshiriqda quyidagilar talab etiladi: 
2-mashq. Nima sababdan ko’rshapalakni uchar kaltakesak yoki qush deb bo’lmaydi? 
Ko’rshapalakning hayot tarzi va uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
1-masala: Ko`k kaptar tinch turganda bir daqiqada 26 marta, uchganda esa 400 marta nafas oladi. 
Nafas olishdagi bunday farqni qanday tushunish mumkin? 
Yechish: Uchayotgan ko`k kaptarda moddalar almashinuvi bir necha marta tezlashadi, buni 
uning yurak urishining ham bir necha baravar oshganligidan sezish mumkin.
O`quvchilar ushbu savollarga javob topish jarayonida ko`rshapalaklar sut emizuvchilar 
sinfining qo’lqanotlilar turkumiga mansubligini dalillashi, avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi 
vaziyatlarda qo`llash imkonini beradi. 
Mashqlar ichida turli sistematik guruh vakillarini o`zaro taqqoslash, ular o`rtasidagi 
o`xshashlik va farqlarni aniqlashi mumkin. 
Quyida berilayotgan masala va mashqlarni yeching va ularni tahlil qiling. Tahlil asosida matn 
yakunida berilgan jadvalni to`ldiring. 
 
Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar 
1-masala. Baliqlarning tuzilishda suvda hayot kechirishiga bog`liq bo`lgan muhim xususiyatlarini 
aytib chiqing 
2-masala. Quyida ko`rsatilgan baliqlarning qaysi biri suvning yuqorisiga ko`tarilish uchun juda 
ko`p muskul kuchi sarf etadi: zog`ora baliq, akula, toshosti buqaschasi, karb, cho`rtan baliq, laqqa 
baliq, sudak, vobla ? 


3-masala. Nima uchun o`lib qolgan baliq tezda suvning ustiga ko`tarilib chiqadi? 
4-masala. Baliqlarning yuragi odam yuragiga qaraganda sekin uradi va suvda erigan oksigenning 
miqdori ham oz bo`ladi, endi siz tirik baliqning gavda tempraturasi suvning tempraturasidan juda 
oz farq etishining nimaga bog`liq ekanligini aytib bering 
5-masala. Nima uchun akvariumga suv o`simliklaridan ko`p solib qo`ysak, uning ichidagi baliqlar 
hechvaqt suvning betiga yuzib chiqmaydi va boshini ham suvdan chiqmaydi,suv o`simliklari oz 
bo`lgan akvariumdagi baliqlar esa, doim suvning betiga ko`tariladi va boshini suvdan chiqaradi? 
6-masala. Ko`p baliqlar (o`tkinchi bo`lmagan baliqlar ham) tuxum qo`yish vaqtlarida katta gala 
bo`lib yuradilar, buning sababi nima? Tikanbaliqlar tuxum qo`yish vaqtlarida nima uchun gala 
bo`lmaydi? 
7-masala. Okunning urg`ochisi suvga 280 mingga qadar, nalimning urg`ochisi bir millionga qadar, 
karpniki ikki millionga qadar tuxum qo`yadi. Baliqlarning bunday juda ko`p miqdorda jinsiy 
hujayralar hosil qilishning qanday biologik ahamiyati borligini tushuntiring. Tikanbaliq boshqa 
baliqlarga qaraganda oz tuxum qo`yishining nimaga bog`liq ekanligini aytib bering
8-masala. Bizga tanish bo`lmagan bir baliqni ko`rganda uning yirtqich yoki yirtqich emasligini 
qanday bilish mumkin 
9-masala. Baliqning tuzilishidagi qanday xususiyatlari lansetning tuzilishiga o`xshaydi 
10-masala. Baliqlardagi organlarning qaysisi lansetnikda yo`q? Lansetning tuzilishidagi qaysi 
xususiyatlariga qarab turib, biz uni baliqqa qaraganda birqancha tuban tashkil etilgan, deb natija 
chiqaramiz? 

Download 248.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling