4- amaliy mashg`ulot. Mavzu: Umurtqali hayvonlar sinflari yuzasidan masala va mashqlar yechish Darsning maqsadi
-rasm. Sutemizuvchilarining kalla suyagining tuzilishi
Download 248.69 Kb. Pdf ko'rish
|
4 Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Ko`rshapalaklar
1-rasm. Sutemizuvchilarining kalla suyagining tuzilishi
Ijodiy izlanishli masala va mashqlarni yechish jarayonida esa o`quvchilar avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda ijodiy qo’llaydi. Masalan, zoologiyani o`qitishda foydalaniladigan mashqlar ichida o`quvchilarning avval o’zlashtirgan bilimlaridan foydalanish imkonini beradiganlari va o’z javoblarini dalillash zarur bo’lgan mashqlar ham uchraydi. Mazkur mashqlar o`quvchilarning qiziqishini orttirish bilan birga mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantiradi. 2-rasm. Ko`rshapalaklar Jumladan, ushbu topshiriqda quyidagilar talab etiladi: 2-mashq. Nima sababdan ko’rshapalakni uchar kaltakesak yoki qush deb bo’lmaydi? Ko’rshapalakning hayot tarzi va uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 1-masala: Ko`k kaptar tinch turganda bir daqiqada 26 marta, uchganda esa 400 marta nafas oladi. Nafas olishdagi bunday farqni qanday tushunish mumkin? Yechish: Uchayotgan ko`k kaptarda moddalar almashinuvi bir necha marta tezlashadi, buni uning yurak urishining ham bir necha baravar oshganligidan sezish mumkin. O`quvchilar ushbu savollarga javob topish jarayonida ko`rshapalaklar sut emizuvchilar sinfining qo’lqanotlilar turkumiga mansubligini dalillashi, avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llash imkonini beradi. Mashqlar ichida turli sistematik guruh vakillarini o`zaro taqqoslash, ular o`rtasidagi o`xshashlik va farqlarni aniqlashi mumkin. Quyida berilayotgan masala va mashqlarni yeching va ularni tahlil qiling. Tahlil asosida matn yakunida berilgan jadvalni to`ldiring. Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar 1-masala. Baliqlarning tuzilishda suvda hayot kechirishiga bog`liq bo`lgan muhim xususiyatlarini aytib chiqing 2-masala. Quyida ko`rsatilgan baliqlarning qaysi biri suvning yuqorisiga ko`tarilish uchun juda ko`p muskul kuchi sarf etadi: zog`ora baliq, akula, toshosti buqaschasi, karb, cho`rtan baliq, laqqa baliq, sudak, vobla ? 3-masala. Nima uchun o`lib qolgan baliq tezda suvning ustiga ko`tarilib chiqadi? 4-masala. Baliqlarning yuragi odam yuragiga qaraganda sekin uradi va suvda erigan oksigenning miqdori ham oz bo`ladi, endi siz tirik baliqning gavda tempraturasi suvning tempraturasidan juda oz farq etishining nimaga bog`liq ekanligini aytib bering 5-masala. Nima uchun akvariumga suv o`simliklaridan ko`p solib qo`ysak, uning ichidagi baliqlar hechvaqt suvning betiga yuzib chiqmaydi va boshini ham suvdan chiqmaydi,suv o`simliklari oz bo`lgan akvariumdagi baliqlar esa, doim suvning betiga ko`tariladi va boshini suvdan chiqaradi? 6-masala. Ko`p baliqlar (o`tkinchi bo`lmagan baliqlar ham) tuxum qo`yish vaqtlarida katta gala bo`lib yuradilar, buning sababi nima? Tikanbaliqlar tuxum qo`yish vaqtlarida nima uchun gala bo`lmaydi? 7-masala. Okunning urg`ochisi suvga 280 mingga qadar, nalimning urg`ochisi bir millionga qadar, karpniki ikki millionga qadar tuxum qo`yadi. Baliqlarning bunday juda ko`p miqdorda jinsiy hujayralar hosil qilishning qanday biologik ahamiyati borligini tushuntiring. Tikanbaliq boshqa baliqlarga qaraganda oz tuxum qo`yishining nimaga bog`liq ekanligini aytib bering 8-masala. Bizga tanish bo`lmagan bir baliqni ko`rganda uning yirtqich yoki yirtqich emasligini qanday bilish mumkin 9-masala. Baliqning tuzilishidagi qanday xususiyatlari lansetning tuzilishiga o`xshaydi 10-masala. Baliqlardagi organlarning qaysisi lansetnikda yo`q? Lansetning tuzilishidagi qaysi xususiyatlariga qarab turib, biz uni baliqqa qaraganda birqancha tuban tashkil etilgan, deb natija chiqaramiz? Download 248.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling