1) Analitik usul
Bu usulda nol nuqtadan kvadrat cho‘qqisigacha bo‘lgan masofa (X) uchburchaklar o‘xshashligidan foydalanib aniqlanadi (5-rasm).
5-rasm. Nol nuqta o‘rnini aniqlash sxemasi
(1.8)
bu yerda, a-kvadrat cho‘qqilari orasidagi masofa, va - Cho‘qqilarning ishchi belgilari.
2) Grafik usul
Bunda kvadrat cho‘qqilari ishchi belgilarining qiymatlari: ma’lum masshtabda kvadrat tomonlari yo‘nalishida o‘ng va chapga yoki yuqori va pastga (ishchi belgilarining ishoralariga qarab) o‘lchab qo‘yiladi. So‘ngra turli ishorali kesmalar uchlari tutashtiriladi. Tutashtiruvchi chiziq kvadrat tomonini kesib o‘tgan joy -nol nuqta o‘rnini bildiradi (6-rasm).
6-rasm. Tutashtiruvchi chiziq kvadrat tomonini kesib o‘tgan joy -nol nuqta o‘rnini aniqlash sxemasi.
Maydondagi barcha nol nuqtalar o‘rni aniqlangach, ular bir-biri bilan tutashtiriladi va natijada o‘yilma va ko‘tarmani chegaralovchi nol chizig‘ining o‘rni kelib chiqadi. Nol chiziq kvadratlar tomonlarini kesib o‘tishi natijasida turli shakl va o‘lchamga ega bo‘lgan uchburchak, trapetsiya va beshburchaklar hosil bo‘ladi.
Yer ishlari hajmini hisoblash
Maydonni tekislashda yer ishlari hajmini hisoblash uchun gorizontallar bilan berilgan maydon yuqorida bayon etilganidek kvadratlarga,to‘g‘ri to‘rtburchaklarga yoki uchburchaklarga bo‘lib chiqiladi. Nol chizig‘ining o‘rni aniqlangach, o‘yilma va ko‘tarma hajmini aniqlash uchun hosil bo‘lgan barcha oddiy shakllar chegaralangan hajmlar hisoblanadi va jamlanadi.
7-rasm. To‘rt yoqli prizmalar usulida yer ishlari hajmini hisoblash sxemasi.1-to‘liq to‘rtburchak yoki kvadrat, 2- trapetsiya, 3- uchburchak, 4-beshburchak.
Do'stlaringiz bilan baham: |