4- laboratoriya ishi metall kirqish


Metallni sandon – taxta ustida kesish


Download 115.62 Kb.
bet6/8
Sana13.04.2023
Hajmi115.62 Kb.
#1356313
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-laboratoriya metall qirqish va kesish

4. Metallni sandon – taxta ustida kesish

1. Metall tasmani kesish.






1. Kesish joylari (chiziqlar) ikki tomonidan bo’r bilan belgilanadi. Metall tasma sandon – taxtaga qo’yiladi, zubilo chiziqqa to’g’ri o’rnatiladi va tasma dastlab bir tomondan taxminan yarim qalinlikda chala kesiladi (qalinligiga qarab tasma tirsak yoki yelka zarb qo’llanib kesiladi).

2. Dumaloq va kvadrat chiziqlarni kesish.

2. Kesish joyi bo’r bilan hamma tomondan belgilab chiqiladi. Kesish paytida chiziq aylantirilib, hamma tomondan chala kesib o’tiladi. Kesiladigan bo’lak sindirib olinadi.

3. Metall listini kesish.






3. Qalinligiga qarab, list bir necha o’tishda kesiladi. Birinchi o’tishda zubilo rejalash chizig’iga o’rnatilib, list chala (tirsak zarbi bilan) kesiladi. Keyingi o’tishlar ham zubiloni yasalgan iz bo’ylab surish orqali bajariladi ( qalinligiga qarab list yelka yoki tirsak zarb berib kesiladi). Kesish yengil zarb bilan tugallanadi.

4. Metall listidan zagotovka kesib olish.




4.Avval metall listi chala kesilib, so’ng zagotovka to’la kesib olinadi. Kesishda zagotovka rejalashangan shaklining har tomonida 1,5-2 mm masofa qoldiriladi.



5. Pnevmatik kssish bolg’asi bilan kesish

1. Metallni pnevmatik kesish bolg’asi bilan kesish.






1. .Havo shlangi bolg’achaga ulanadi va tepkiga bosib, uning ishlashi salt yurishda tekshirib ko’riladi. Zubiloning orqa uchi bolg’a sopiga shunday kiritiladiki, ish vaqtida zubilo tig’i dastak tekisligiga perpen­dikulyar joylashadi.O’ng qo’l bilan bolg’aning dastasidan, chap qo’l bilan esa, zubiloning uchidan ushlanadi, zubilo kesuvchi qirrasi bilan ishlov beriladigan joyga o’rnatilib, bolg’a ishga tushiriladi. Ishni bajarishda bolg’aga ikki qo’l bilan bosiladi. Qirindi qalinligi bolg’a qiyaligini o’zgartirib, me’yorlanish yuz beradi.




Download 115.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling