1-rasm. Bir izli er osti yo‘lning kesimi.
1- ostki qurilma; 2- ballast qatlami; 3- shpal; 4- podkladka; 5-rels.
2-rasm. Relslarning ulanishi:
a- yakinlashtirilgan shpallarda ulash; b- kontakt plastinkasi;
1-rels; 2-bolt; 3- nakladka; 4-mis yoki temir peremichka (tok o‘tkazuvchi sim).
Harakatdagi sostavning chayqalishini kamaytirish maqsadida osma (elastik) ulash usuli ikkala temir izda juda aniqlik bilan bir-birining qarshisiga joylashgiriladi. Nakladkalar relslarning uchlarini bir-biri bilan ulash uchun ishlatilib, ular yassi burchakli, fartukli (peshbandli) ko‘rinishda bo‘ladi.
Kontaktli (tashqaridan tok oladigan) elektrovozlar yordamida yuk tashiladigan Hollarda ikki relsning uchlarini nakladka orqali ulashdan tashqari maxsus peremichka - tok o‘tkazuvchi sim yoki yassi metall orqali Ham ulanadi, bu Holda shu peremichkani tok o‘tishiga qarshiligi 18 kg/m li relslar uchun - 0,00024 om va 24 kg/m li relslar uchun esa - 0,00025 om dan oshmasligi kerak.
Relsli izlarning kengligi deb rels boshining ichki qirralari orasidagi masofaga aytiladi (1 – rasm).
Er osti konlardagi izlarni kengligi (Sp) 600, 750 va 900 mm ga teng. Yo‘llarning burilish joylarida izlarning kengligi 5 mm dan 15 mm gacha kengaytiriladi.
Poezdlarning normal Harakatini ta’minlash uchun izning kengligi bilan bitta o‘kdagi g’ildiraklar orasidagi kenglik (SK) ning farqi 10 mm gacha bo‘ladi (x=10 mm), ya’ni
X = Sp – Sk (1)
AloHida vagon va sostavlarning Harakat jarayonida muvozanat Holatini to‘la ta’minlash uchun yo‘lning egri chiziqli qismida izning tashqi tomonidagi rels, ichki relsga nisbatan balandroq joylashtiriladi (3 – rasm).
SHu balandlikning qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
, m. (2)
bu erda, -Harakat tezligi, m/s;
Sp- temir yo‘lning kengligi, m;
R - egrilik radiusi, m;
V - ko‘ndalang qiyalik burchagi, grad.
g - er tortish kuchining tezlanishi, m/s2.
(2) ifodadan ko‘rinib turibdiki, tashqi rels balandligining qiymati poezd tezligining kvadratiga va temir yo‘l izining kengligiga to‘g’ri proporsionaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |