4- laboratoriya mashg‘uloti: Piyoz po‘sti epidermasi hujayrasining tuzilishi


Download 29.5 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi29.5 Kb.
#1092390
Bog'liq
4-labaratoriya


4- laboratoriya mashg‘uloti: Piyoz po‘sti epidermasi hujayrasining tuzilishi
Kerakli jihozlar: mikroskop, piyoz, buyum va qoplag‘ich oynalar, cho‘tkacha, suv preparoval nina, lanset, pinset, pa^ta tolasi.
Hujayra o‘simlik va hayvonlar organizmi tuzilishi, rivojlanishi va hayotiy jarayonlarining asosidir. O‘simlik bir va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizmlar millionlab hujayralar yig‘indisidan tashkil topadi.
O‘simliklar hujayrasi protoplastdan tuzilgan bo‘lib, tashqi tomondan pishiq po‘stga o‘ralgan. Protoplastda vakuolalar bo‘lib, ular hujayra shirasi bilan to‘lgandir. Protoplast hujayraning asosiy tirik qismi va organoidlar yig‘indisidir. Hujayra organoidlariga yadro, plastida, endoplazmatik to‘r, Golji apparati (diktiosoma), ribosoma, mitoxondriya, lizosoma kiradi (3 ).


2-rasm. Piyoz po‘sti hujayralari. 1-sitoplazma; 2- hujayra shirasi; 3-po‘sti; 4-yadro.


Bu organoidlar gialoplazmaga joylashgan, hujayra organoidlari hujayra hayotida muhim funksiyalarni bajaradi. Hujayra po‘sti, hujayra shirasi, hujayradagi zapas va ekskretor (chiqindi) moddalar protoplastning faoliyati natijasida hosil bo‘ladi.


O‘simliklar hujayrasi parenxima va prozenxima shaklda bo‘ladi. Hamma tomoni teng (sharsimon, ko‘p qirrali) yoki bo‘yi enidan uzunroq bo‘lgan hujayralar parenxima hujayralar deyiladi. Yopiq urug‘lilarda parenxima hujayralarning kattaligi 10 - 100 s va undan ortiq bo‘ladi. Olma, limon, tarvuz etining hujayralari yirik hujayralar bo‘lib, oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Bo‘yi enidan bir ^cha marta ortiq bo‘lgan (tayoqsimon, duksimon, tolasimon) hujayralar prozenxima hujayralari deyiladi. O‘sib yetishgan prozenxima hujayralari o‘lik hujayralardir. O‘lik hujayralar faqat hujayra po‘stidan tarkib topgan bo‘lib, hujayra ichida protoplasti bo‘lmaydi. Prozenxima hujayralarining o‘lchami parenxima hujayralarnikidan ortiq bo‘ladi.
Ishni bajarish tartibi. Parenxima hujayralarning tuzilishini o‘rganish uchun piyozning tashqi quruq po‘stini olib tashlab, seret qavati sirtidagi yupqa pardasidan kichik bo‘lagini kesib olib, buyum oynasidagi suvga qo‘yiladi. Bukilgan joylari igna uchi bilan tekislangandan so‘ng, yopqich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik ob’ektivida qaraladi. Bunda rangsiz yadro va sitoplazmali parenxima hujayralar aniq ko‘rinadi. Hujayra organoidlarining strukturasini aniq ko‘rish uchun qoplagich oynani ochib, ob’ektivga 1­

  1. tomchi yod tomiziladi va ustiga yana oyna yopiladi. Reaktiv ta’sirida yadro qo‘ng‘ir, sitoplazma sariq rangda bo‘ladi. Yosh hujayralarda yadro hujayra markazida joylashgan bo‘lib atrofini sitoplazma o‘rab oladi. Sitoplazama tortmalari oralig‘idagi bo‘shliqlar vakuolalardir. Ba’zi hujayralarda markaziy vakuola bo‘ladi, yadro, sitoplazma hujayra po‘sti bo‘ylab joylashadi.

Nazorat savollari:

  1. Hujayra qanday qismlardan iborat?

  2. Preparat tayyorlashda piyozning qaysi qismidan olish kerak?

  3. Piyoz hujayralari qanday tuzilgan?

  4. Nima uchun preparatga yod tomiziladi?

  5. Hujayrada vakuola qanday ahamiyatga ega?

Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling