4 -ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar Reja


 Nuklein kislotalarning tuzilish darajalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1214070
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MA\'RUZA

3. Nuklein kislotalarning tuzilish darajalari.  3¹, 5¹- fosfodiefir bog`lari bilan 
bog`langan mononukleotidlarning to`g`ri chiziqli polinukleotid zanjiriga DNK va 
RNK ning birlamchi strukturasi deyiladi. DNK va RNK birlamchi strukturasining 
tuzilish negizi bir xil: bir mononukleotid pentozasining har bir 3¹-gidroksil guruhi 
ikkinchi mononukleotid pentozasining 5¹-gidroksil guruhi bilan kovalent bog` orqali 
bog`langan. Shu sababdan 3¹, 5¹-difosfodiefirli bog`lar deb ataladi. DNK va RNK 
to`g`ri chiziqlarining uzunligi uning zanjiri tarkibidagi mononukleotidlar soniga
bog`liq bo`lib, ikkita uchga ega bo`ladi: ulardan birinchisi 3¹-uchi, ikkinchisi esa 5¹-
uchi deb ataladi. 
Hujayradagi nuklein kislotalar zanjirining yig`ilishida 5¹-trifosfatlar 
boshlang`ich material bo`lganligi sababli zanjirning 5¹-uchki tomoni trifosfat, 3¹-
uchki tomoni esa erkin gidroksil guruhi tutadi. Nuklein kislotalar zanjiri qutblidir. 
Ular 5¹→ 3¹ va 3¹→5¹ yo`nalishda bo`lishi mumkin. 
DNK ning genetik “matni” nukleotid tri’letlari yordamida tuzilgan kodli 
“so`zlar”dan iborat bo`lib, kodogenlar deb ataladi. RNK ning barcha turlari birlamchi 
strukturasi to`g`risida ma’lumot saqlovchi DNK qismlariga struktura genlari 
deyiladi. 
Nuklein ki9slotalarning birlamchi strukturasi ularning yuqori darajada 
tuzilishini, ya’ni ikkilamchi va uchlamchi strukturalarini belgilaydi. 
DNK ning ikkilamchi strukturasi. DNK molekulalari nukleotidlari tarkibi 
uchun ularning ajratib olingan manbasidan qat’iy nazar muhim umumiy qonuniyatlari 
ham ma’lum. Bu qonuniyatlar ularni kash etgan olim sharafiga Chargaff qoidalari deb 
ataladi. Ular quyidagilardan iborat: 
1. purin asoslari (A+G) soni pirimidin asoslari (S+T) ga teng, ya’ni purinlarni 
pirimidinlarga nisbati birga teng: A+G/S+T =1. 
2. Adenin qoldiqlarining soni timin qoldiqlari soniga teng, ya’ni adeninning 
timinga nisbati birga teng ( A = T yoki A/T = 1). 
3. Guanin qoldiqlarining soni sitozin qoldiqlarining soniga teng (G = S yoki 
G/S = 1). 


4. DNK tarkibidagi 6-aminoguruhlar soni 6-ketoguruhlar soniga teng: G + T = 
A+S. 
5. Faqat A + T va G + S yig`indilari o`zgaruvchan. Agar A + T > G + S bo`lsa, 
bu AT-turli DNK; agar G + S > A + T bo`lsa, bu GS - turdagi DNK bo`ladi. 
Bu qoidadan DNK tuzilishi uchun purin va pirimidin asoslarining qat’iy 
tartibda mos kelishi (juftlashishi) emas, balki umuman timinning adenin bilan 
sitozinning guanin bilan mos kelishi nazarda tutilgan. Nukleotidlarning molekulyar 
massasi 330 ga, qo`sh nukleotidlarniki esa 660 ga teng. 1953 yilda Uotson va Krik 
qo`sh spiral nomini olgan DNK ning ikkilamchi strukturasi modelini kashf etdilar. 
Uotson va Krik taklif qilgan DNK ning qo`sh spiral modeliga binoan, DNK 
faraz etiladigan o`q atrofida bir-biriga o`ralgan komplementar, ya’ni bir-biriga mos 
keladigan, ammo bir xil bo`lmagan burama shakldagi ikkita zanjirdan tuzilgan. Bu 
ikki burama polinukleotid uglevod - fosfat zanjirini hosil qilib, ularga spiral ichida 
azot asoslari tortilgandir. Ikki zanjir azot asoslari orasida paydo bo`lgan vodorod 
bog`lari orqali ushlab turiladi. Zanjirlar bir-biriga mos kelishi uchun birinchisining 
purin asosi qarshisiga ikkinchisining pirimidini bo`lishi shart. Adenin bilan timin 
o`rtasida ikkita, guanin bilan sitozin o`rtasida esa uchta vodorod bog`lari hosil 
bo`ladi. Vodorod bog`lari faqat adenin bilan timin va guanin bilan sitozin orasida 
hosil bo`ladi, shuning uchun bir zanjirdagi asoslarning tarkibi ikkinchi zanjirdagi
asoslarning tartibini, ikkinchi zanjirda ularning birin-ketin kelishini belgilaydi. 
Asoslarning bunday mos kelishiga komplementarlik deyiladi. 
Qo`shni azot asoslari orasidagi o`zak uzunasiga 0,34 nm ga teng va ularning 
biri ikkinchisiga nisbatan 36° ga buralgan. Binobarin, bitta to`la spiral 10 ta qo`sh 
asosni, ya’ni 10 ta nukleotidni o`z ichiga oladi va 3,4 nm uzunlikda bo`ladi. Spiralning 
diametri 2 nm ga teng. Ikki zanjir bir-biriga antiparallel, chunki dezoksiribozalar 
orasida fosfatdiefir bog`lari bir zanjirda 5¹→ 3¹ yo`nalishda, ikkinchisida esa 3¹→5¹ 
yo`nalishda o`qiladi.
DNK molekulasining boshqa (A va S) shakllari ham kashf etilgan. Ular Uotson 
va Krik taklif qilgan shakl – strukturadan spiraldagi qo`sh asoslarni faraz etiladigan 


o`qqa egilish burchagi vaularning soni tomonidan bir oz farqlanadilar. Lekin bunday 
DNK larning miqdori va bajaradigan funkstiyasi bo`yicha hissasi katta emas.
Ba’zi virus DNK lari yakka zanjirli tuzilishga ega. Yakka va qo`sh zanjirli DNK 
molekulalari ikki uchi ulangan halqa shaklida ham bo`ladilar. DNK ning bunday 
xillari asosan bakteriyalarda va mitoxondriyalarda mavjud.
DNK ning uchlamchi strukturasi qo`sh spiralli molekulaning qo`shimcha 
buralishi natijasida hosil bo`ladi. U superspiral yoki egilgan qo`sh spiral ko`rinishida 
bo`ladi. 
RNK ning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari.  RNK bir zanjirli molekuladan 
iborat, shu sababli uning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari doimiy emas. RNK 
ning hamma turlari DNK ning bir zanjirini nusxasi bo`lib, tarkibida ‘alindromlar 
saqlagan qismlaridan nusxa ko`chirilganda RNK molekulalarida sh’ilkalar hosil 
bo`lishiga olib keladi. 
tRNK ning ikkilamchi strukturasi “beda bargi” ko`rinishiga ega. U tRNK ning 
ma’lum bir qismlaridagi zanjirning ichki komplementar nukleotidlarining
juftlashishi oqibatida kelib chiqadi. tRNK ning nukleotidlar orasida vodorod bog`lari
hosil qilmaganlari halqa (‘etlya) shaklida yoki to`g`ri chiziqli bo`g`inlar hosil qiladi. 
tRNK da quyidagi struktura qismlari farq qilinadi: 
1. Akseptor shoxchasi to`rtta to`g`ri joylashgan nukleotidlardan tashkil topgan 
bo`lib, ulardan uchtasi hamma turdagi RNK larda bir xil tartibda – SSA ko`rinishiga 
ega. Bunda adenozinning 3¹ - OO’ gidroksili erkin. Unga aminokislotaning
karboksil guruhi birikadi, tRNK ning bu qismi akseptor deb nomlanishi ham shundan 
kelib chiqqan. Adenozinning 3¹ - OO’ gidroksil guruhi bilan bog`langan 
aminokislotani tRNK oqsil sintezi amalga oshadigan ribosomalarga yetkazib beradi. 
2. Antikodonli halqa odatda ettita nukleotiddan hosil bo`ladi. Har bir tRNK 
o`zining maxsus antikodoniga ega. tRNK ning antikodoni komplementarlikka asosan 
mRNK kodoni bilan juftlashadi. Kodon-antikodonning o`zaro ta’siri polipeptid 
zanjirining 
ribosomalarda 
yig`ilishida 
aminokislotalarning 
yig`ilishida 
aminokislotalarning joylashish tartibini belgilab beradi. 


3. ‘sevdouradilli halqa 7 ta nukleotiddan iborat va albatta o`zida ‘sevdouridil 
kislota qoldig`ini tutadi. Bu halqa tRNK ning ribosoma bilan bog`lanishida ishtirok 
etadi deb taxmin qilinadi.
4. Digidrouridinli yoki D-halqa odatda 8-12 ta nukleotiddan tashkil topgan 
bo`lib, ularning orasida digidrouridinning bir nechta qoldiqlari bo`ladi. D-halqa 
aminokislota o`zining transport RNK sini tanishida aminoastil – tRNK – sintetaza 
bilan bog`lanishi uchun zarur deb hisoblanadi. 
5. Qo`shimcha halqa turli xil tRNK larda o`lchami va nukleotidlar tarkibi 
bo`yicha har xil bo`ladi. 
tRNK ning uchlamchi strukturasi beda bargi shaklida emas, balki bukilib 
buralgan shaklda bo`ladi, bunda beda bargining halqali yaproqchalari qo`shimcha 
van-dervaals bog`lari orqali bog`langan xolda o`ralgan bo`ladi. 
rRNK egilgan zanjirning birikishidan hosil bo`lgan spiralli uchastkalar 
ko`rinishidagi ikkilamchi strukturaga ega. rRNK ning uchlamchi strukturasi 
ribosomaning skeleti bo`lib hisoblanadi. U tayoqcha yoki kalava shakliga ega. Uning 
ichki tomoniga ribosoma oqsillari tegib turadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling