4- ma’ruza: Omixta yеm zavodlarida tеxnologik jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish qoidalari. Reja
Download 58 Kb.
|
3-mavzu
Xomashyoni joylashtirish. Zavodda mavjud bo‘lgan omborlarga xomashyoni to‘g‘ri joylashtirish uchun, ya’ni ishlab shuningdek, uni saqlashni ta’minlash maqsadida xomashyoni joylashtirishning oylik tezkor rejasi tuziladi. Bu rejani korxona direktorining o‘rinbosari, omixta yem va tashuvchi-ombor sexi boshliqlari, ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi hamda xomashyo omborlari mudirlari bilan birgalikda tuzilib, uni direktor tasdiq- laydi. Rejaga zaruriyat tug‘ilganida, o‘zgartirish kiritilishi oqiba- tida, masalan, yetkazib beriladigan xomashyoning sifati va mud- dati o‘zgarganda, aniqlik kiritiladi. Xomashyoni joylashtirish sxemasi tuzilganda mavjud omborlar sig‘imidan ratsional foy- dalanish zaruriyati, xomashyoning sifatini (masalan, ho‘l protein-, ning turlicha miqdorga ega bolgan baliq uni partiyalari alohida shtabellarga joylashtiriladi) e’tiborga olgan holda joylashtirish, saqlash jarayonida xomashyoni minimal darajada tashish zaruriyati e’tiborga olinadi. Xomashyoni joylashtirish rejasini tuzishda ombor maydonining 10 % ombor yumushlari uchun saqlanadi, elevatorlarda esa har bir silos osti konveyeri uchun bitta silos zaxira uchun saqlanadi.
Xomashyoni saqlash. Saqlanayotgan xomashyo uchun doimiy kuzatuv o‘matiladi. Saqlashga chidamsizlari ishlab chiqarishga birinchi navbatda uzatiladi. Sifatining yomonlashuvi yoki saqlash- da o‘z-o‘zidan qizish holati kuzatilganda, uning chidamliligini ta’minlovchi va xomashyoni omixta yem ishlab chiqarishga qo‘l- lash uchun zaruriy chora-tadbirlar o‘tkaziladi. Sochiluvchan xomashyoning (masalan, mineral kelib chiqishli xomashyolaming barcha turlari) ba’zi turlarini aralashtirish imkoni bo‘lmasa, oddiy omborlar o‘rtasiga to‘siq qo'yiladi. Qiyin oquvchan xomashyoni (kunjara, kepak va boshq.) saqlashda silos tubiga maxsus moslama o‘rnatilib, u silosdagi mahsulot oqimiga turtki bo‘ladi. Silosda saqlanayotgan xomashyo uzluksiz ravishda nazorat qilinishi kerak, bu esa uning jipslashuvi va o‘z-o‘zidan qizishiga yo‘l qo6ymaydi. Kunjara saqlanadigan siloslar uning turli chuqurligida haroratni doimiy kuzatishga imkon beradigan termometrlar bilan jihozlangan. Xomashyo saqlasliga mo‘ljallangan omborlar texnik va sanitar talablami qondirishi kerak, ya’ni tomi sozlangan, eshiklari zich yopiladigan, pollan silliq yoriqsiz, devorlari toshli, temir-betonli hamda g‘ishtli va quruq, suvoqlangan, oqar suvlardan yaxshi izolatsiyalangan, yog‘och devorlari zich va yoriqsiz boMishi talab qilinadi. Barcha ombor devorlari oqlanib, pol tipidagi omborlarning barcha chiqarish voronkalari ustidan tik ustunlar o‘matiladi. Derazalari oynalanib, ichki tomonidan to‘r va to‘r ushlagich qoplangan hamda ele.ktr chiroqlari metall armaturalar zarbidan himoyalovchi mustahkam himoya qalpoqlariga ega ekanligini ku- zatib boriladi. Omborlar tashqi tomondan 1,5 m. dan kam boMmagan уоЧакка ega bo‘lishi va bular hamma vaqt toza saqlanishi lozim. Xomashyoni ombor ichida harakatlantiruvchi, shuningdek, uni ishlab chiqarishga uzatuvchi jihozlar bolishi kerak. Xomashyodan bo‘shatilgandan keyin omborlar yaxshilab mexanik tozalanadi va buning uchun zarur inventarlar (changyut- kich, shvabra, cho‘tka va boshq.) bo‘lishi kerak. Xomashyo si- losga to‘kilishdan oldin uning tubi va devorlari yaxshilab tozalanadi. Tozalikni saqlash va loy, zaharli mikrofloralar tushib qolishining oldinini olish maqsadida har bir ombor kirish eshigi oldida tushakcha, chokka va oyoq kiyimini tozalash uchun supugi bo‘lishi kerak. Atrof-muhit harorati va namlik ortishi bilan xomashyoni saqlash sharoitlari yomonlashadi. Sun’iy quritilgan kunjara va pichan ozuqasini saqlash sharoitlari ulami saqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan maxsus yo’qiqnomaga binoan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kunjara va shrot — omixta yem uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Uni saqlash jarayonida chidamliligini ta’minlash uchun omborxonalar shamollatiladi. Shamollatish quruq, sovuq havoda, ya’ni tashqi harorat va nisbiy namlik mumkin. Uning miqdoriga bog‘liq holda sinflar bo‘yicha va tayyor- lov muddati bo‘yicha отЬоща alohida joylashtiriladi. Pichan unini saqlash jarayonida undagi karotin miqdori kamayadi. Noto‘g‘ri saqlash, yorug‘lik, yuqori namlik va harorat- da bu jarayon tedashadi. Shuning uchun pichan unini saqlash- ga moljallangan omborxona toza, nur tushmaydigan, isitil- maydigan, eshiklari zich yopiladigan bo'lishi kerak. Bundan tashqari pichan uni omborxonalari yong'inga qarshi xavfsizlik talablariga javob berishi, yong'inga qarshi brantmaueralar bilan ajratilishi, bu esa 1200 m2 ko‘p bo‘lmagan bir qavatli maydonda bo4ishi va portlash-yong‘in xavfi bo‘yicha В guruhi ishlab chiqarish toifasiga mos kelishi lozim. Konveyerlami o'tkazish uchun brantmauera devorlaridan teshiklar ochilmasligi kerak.. Pichan uni omborlari boshlang‘ich yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’min- langan bo‘lishi shart. Un namligi saqlashga tushirishdan oldin 8— 12 % bo‘lishi kerak. Pichan uni omixta yem zavodlariga ishlab chiqarish jarayonida tasodifan qolgan cho‘g‘langan bo‘lakchalar yonib ketish xavfining oldini olish maqsadida uni tayyorlash. vaqtidan uch kun o‘tgandan keyin yetkazib beriladi. Saqlanayotgan pichan uni ustidan doimiy kuzatuv o‘matiladi, ya’ni harorat, namlik, karotinning mavjudligi tekshiriladi. Karotin miqdori past. bo‘lgan un birinchi navbatda sarflanadi. Saqlashning 3—4 oyida karotinning katta miqdori yo'qolishi kuzatiladi, keyinchalik bu jarayon sekinlashadi. Donador pichan unida karotinning parchalanish jarayoni ham ancha sekinlashadi. Donador pichan unini saqlash uchun maxsus metall elevatorlar qoUlaniladi. Bunday elevator siloslariga granulalami joylagandan so‘ng katta bo'lmagan bosim ostida neytral gaz beriladi, qaysikim unda 1 % dan ko‘p bo‘lmagan kislorod mavjud. Bunday muhitda karotin uzoq saqlanadi. Baliq va go‘sht suyagi unini saqlashda uning tarkibidagi yog‘- ning vaqt o'tishi bilan buzilishi va taxirlanishini e’tiborga olish kerak. Shuning uchun bu turdagi xomashyoni, asosan, yoz paytida uzoq saqlash tavsiya qilinmaydi. Baliq va go‘sht suyagi unini toza, quruq holda, yopiq va salqin omborxonalarda, shtabellar balandligi 12—14 qatordan yuqori boimagan qog‘oz qopchalarda saqlanadi.Xomashyoni qabul qilish va joylashtirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalar temiryo‘1 vagonlari va avtotransportlardan tezkorlik bilan bo‘shatib olishni ta’minlashi kerak. Bu maqsadlar uchun quvvati yuk aylanishi bilan aniqlanadigan mexanizatsiyalashgan qurilmalar xizmat qiladi, Qabul qilish qurilmalari don tashuvchi vagonlami bo'sha- tishga imkon beradi. Bu holda xomashyo bevosita beshta vintli konveyerga bo‘shatilib, bu yerdan yig‘uvchi lentali konveyerga uzatiladi. Undan xomashyo noriyaga tushgach mahsulot saqlash uchun omborga beriladi. Yassi polli vagonlarni bo‘shatishda xomashyo mexanik kuraklar yoki mexanik yuklagich (MGU) yordamida vintli konveyerlarga uzatiladi. Donlami temiryo‘ldan qabul qilish don tashuvchi vagonlami ishlov berishga hisoblangart bo‘lishi kerak. Bunda bir vaqtda vagonlarni qo^atmasdan uchta chiqaruv qurilmasini qo‘z- g‘atmasdan chiqarishni ta’minlash lozim. Yuqori unumdorlikka ega bo'lgan zavodlarda donli xomashyoni bo‘shatish uchun VRG tipli vagon bo‘shatgich!ar qoMlanilishi og‘ir qo‘l mehnati uchun imkon bermaydi va vagonlami bo‘shatish vaqtini sezilarii qisqartiradi. Mineral kelib chiqishli xomashyo — bo‘r, tuzlami bo‘sha- tishda MVS-4 mashinasi o‘matiladi. Bo‘r, tuz saqlanadigan polli ombor oldiga vagon poli sathi darajasida pandus o‘matiIadi, qaysiki, bundan mashina vagonga kiradi (agar ombor polining sathi vagon polining sathiga mos tushsa yana ham yaxshi). Xomashyo bilan to‘la vagonni bofshatish uchun elektrobo'shatgichlar ishlatiladi. Qoplar omborning birinchi qavatidagi poddonlarga teriladi. Bo‘shatib boNingandan keyin poddonlar qoplar bilan birga elektrokaralar yordamida yuk ko‘targichda kerakli qavatga uzatiladi. Shuningdek, liq to‘la xomashyoni lentali konveyerlar yordamida ham bo‘shatish mumkin. Qabul qilish nuqtalari yaqinida tozalikka rioya qilish kerak. Vagon, avtomobil bo’shatilgach sochmalar tozalanishi lozim. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling