4- мa‘ruza: Yozma nazorat ishi turlari: diktant, bayon, esse va insho. Yozma ishlarni tekshirish va baholash mezonlari. Test nazorati


Download 110 Kb.
bet3/9
Sana06.11.2023
Hajmi110 Kb.
#1752333
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4- МАЪРУЗА

Yozma nutq esa harf va so‘zlarning ma’lum asosida o‘zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar: abzatslar, paragraflar va gaplarni grammatik jihatdats aniq va tushunarli bayon qilish orqali voqelanadi. Yozma nutq ham og‘zaki nutq singari monologik, dialogik va polilogik shakllarga ega.
Monologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilg‘ats nutqi bo‘lib, u ximoya qilish, xabar berish, o‘qilganni qaytadan so‘zlab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.
Dialogik nutq ikki kishi o‘rtasida amalga oshadi. Polilogik nutq esa ko‘p kishining bir zamon va makondagi nutqidir. Nutqning bu ko‘rinishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega, Avvalo, bu nutq turlari keng jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialogik va polilogik nutq tarkibida to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida so‘roq va undov gaplar ham uchraydi. Gaplar ko‘pincha o‘zining qisqaligi bilan ajralib turadi. Og‘zaki dialogik va polilogik nutqda so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lgan bir qator vositalar: mimika, barmoq, imo - ishoralar, ohang ham ishga solinadi. O‘quv chilar fikrni boshqalarga jadal va ovozsiz yetkazish uchun xizmat qiluvchi ana shu vositalardan foydalanishni o‘rganishlari ham ona tili o‘qitishning muhim vazifalaridan biridir.
Ona tili ta’limi jarayonida ko‘pincha dialogning keng tarqalgan ko‘rinishi –suhbatdan foydalaniladi. Bu, odatda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasi- dagi muloqotdir. Nutqning bu ko‘rinishi tugallangan jumlalardan foydala-nish bilan ajralib turadi.
Nutqning ikkinchi turi yozma nutqdir. Yozma nutq ustida ishlash og‘zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon.Chunki u o‘quv-chidan grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla qurishni, har bir so‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llashni, fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qiliigan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutq turining murakkab tabiati ham shuidaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog‘liq. So‘zni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o‘quvchidan katta mas’uliyatni talab etadi.
Yozma nutq tekshiriladi, kuzatiladi, takomillashtiriladi, bu jihatdan u og‘zaki nutqqa qaraganda. ancha qulay imkoniyatlarga ega. O‘quvchi yozma nutq-dagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarda xato va kamchiliklarg‘a yo‘l qo‘ymaslikka intiladi. imlo va tinish belgilari ustida ishlash matn ustyda ishlash bilan qo‘shilib, bir yaxlitlik hosil qiladi.

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling