4- мa‘ruza: Yozma nazorat ishi turlari: diktant, bayon, esse va insho. Yozma ishlarni tekshirish va baholash mezonlari. Test nazorati
Ona tili o‘quv xonasining vazifalari
Download 110 Kb.
|
4- МАЪРУЗА
Ona tili o‘quv xonasining vazifalari:
Ona tili fanining o‘qitilishini yaxshilashda til o‘qituvchilariga yordam berish; Ilg‘or ta’lim muassasasi va o‘qituvchilarning tajribalrini o‘rga-nib, shunga doir materiallarni to‘plash, ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining metodik birlashmasiga ko‘maklashish; Ona tili va uni o‘qitishga doir yangi chiqqan ilmiy-metodik adabiyotlar, darsliklar, qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallarga ega bo‘lish; Eng yaxshi yozilgan yozma ishlardan namunalar to‘plash; Ish qog‘ozlariga doir namunalar qo‘yish; O‘zlashtirmovchi va past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchiga ko‘maklashish; Ona tiliga doir o‘quvchilar konferensiyasi, munozarasi, kechasi va suhbatlarni uyushtirish; Sinfdan tashqari ishlarni rejali olib borishga yordam berish; Texnika vositalaridan foydalanib, o‘quvchilar nutqini o‘stirish va ularni adabiy tilde talaffuz etishga odatlantirishga hissa qo‘shish; O‘quvchilarning grammatik, orfografik va punktuatsion qoidalarga doir jadvallar, chizmalar tayyorlashga jalb etish; O‘quvchilarni jamoa yo individual dars tayyorlashini tashkil etish. va hakozo. Ona tili o‘quv xonasida “Til va adabiyit ta’limi”, “Umumta’lim fanlarni o‘qitish metodikasi”, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnallari va “Ma’fat” gazetalari, shuningdek, ona tili va uni o‘qitishga doir ko‘plab ilmiy-metodik adabiyotlar, bolalarning o‘qishi uchun badiiy adabiyotdan namunalar qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Nashr qilingan hamda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘z kuchlari bilan tayyorlangan jadvallar, chizmalar, plakatlar, tarqatmalar, rasmlar ona tili o‘quv xonasining asosiy jihozlari sanaladi. Xonada ona tili darsliklaridan, mashqlar va diktantlar to‘plamalaridan bir necha nusxa saqlanishi zarur. Lug‘atlarning bo‘lishi yanada yaxshiroq. Ona tili o‘quv xonasi texnika vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart. Ona tili o‘quv xonasining ishini jonlantirishda, uni o‘qituvchi va o‘quvchilarning sevimli xonasiga aylantirishda ko‘rgazmalar tashkil qilishning o‘rni beqiyos. Ko‘rgazmaga: Ona tili to‘garagi a’zolarining ishini yorituvchi materiallar; Ta’lim muassasasi devoriy gazatasi, o‘quvchilarning qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan adabiy jurnali; Ta’lim muassasasi o‘quvchilarining amaliy ishlari, sayohat esdaliklari tasvirlovchi albomlari; Donishmandlarning tilga doir fikrlari, xalq maqollari yozilgan bannerlar; “Daftarni qanday tutish kerak?”, “Bu kitoblarni o‘qi”, “To‘g‘ri va chirioyli yozishga odatlan”, “Kitobni qanday o‘qish kerak?” kabi mavzularda yangilanib turadigan plakatlar qo‘yiladi. Download 110 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling