Ta’kidiy diktant


Download 22.84 Kb.
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi22.84 Kb.
#1039952
  1   2   3   4
Bog'liq
onatili shodmonqulova


TA’KIDIY DIKTANT
Ta’kidiy diktant uchun tanlangan matnni yozdirishdan
oldin o‘quvchilarga o‘rganilgan qoidalar eslatilib, ayrim
so‘zlarning yozilishi tushuntiriladi, sharoit talab qilsa,
ayrim so'zlarni grammatik tahlil qilib, umuman, yozish
jarayonida nimalarga e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.
Shuning uchun ham mazkur ish turi ta’kidiy diktant
deyiladi. Ta’kidiy diktant uchun matnni «Diktantlar
to‘plami»dangina emas, balki «Ona tili», «O'qish kitobi»
darsliklaridan ham tanlash mumkin. Chunki ta’kidiy
diktant o‘tkazishdan bir necha kun oldin o'quvchilarga
yozdiriladigan matnni o'qib kelish topshiriladi. Bundan
maqsad o'quvchilarning o'rgangan imlo qoidalarini
mustahkamlash, undan amalda foydalanish ko'nikmasini
hosil qilishdir. Ta’kidiy diktant, masalan, quyidagi matn
asosida o'tkazilganda, tanlangan matn bir marta o'qib
eshittiriladi.
G‘alla hosili
Bu yil g ‘a/la mo‘l bo'ldi. Bug‘doyning katta-katta boshoqlari
oltin rangda tovlanib, ko'zni qamashtiradi. В ular mo‘1
hosil belgisidir.
Shundan so'ng ketma-ket kelgan bir xil undoshlar
imlosi haqidagi qoida eslatiladi. O'quvchilar qoidani
aytadilar, misollar keltiradilar. Keyin g'alla, katta so'zlarida
ketma-ket kelgan bir xil undoshlarning biri oldingi yo'lda
qoldirilib, ikkinchisi keyingi yo'lga o'tkazilishi haqidagi
qoidani eslaydilar.
O'quvchilar sana va matn sarlavhasini daftarlariga
yozib bo'lgach (bular doskaga yozib qo'yiladi), matn aytib
yozdiriladi. Matn yozib bo'Iingach, o'qituvchi uni qayta
o'qib berishi, o'quvchilar yozganlarini kuzatib borib, yo'l
qo'ygan xatolarini luzatishlari mumkin. Shundan keyin
ularning daftarlari yig'ib olinadi.
SAYLANMA DIKTANT
Saylanma diktant o‘rganilgan grammatik va imlo
qoidaiarini mustahkamlashga, ularni amalda qo'llashda
yordam berish bilan birga, o'quvchilar rnavzuni qav
darajada o'zlashtirganliklarini aniqlashga ham imkon
beradi.
Diktantning bu turida o'quvchi matnning yoki gaplarning
hammasini yozmay, o‘rganilgan qoidalar asosida
yoziladigan so'zlar yoki so‘z birikmalarinigina saylab
yozadi, shuning uchun ham u saylanma diktant deyiiadi.
Saylanma diktant quyidagicha o'tkaziladi: o'qituvchi
«Diktantlar to‘plami»dan o‘rganilgan qoidaga mos so'zlar,
gaplar ko'proq ishtirok etgan matnni tanlaydi. Matn
darsdan oldin doskaga yozib qo'yiladi (ko'chma yozuv
doskasidan foydalanish ham mumkin). 0 ‘qituvchi matnni
bir marta o'qib bergach, matn tahlil qilinib, o'rganilgan
qoida asosida yoziladigan so'zlar yoki so'z birikmalari
aniqlanadi va qoida takrorlanib, mustahkamlanadi. Keyin
matn bir o'quvchiga o'qitilib, bolalar diqqati doskadagi
yozuvga jalb qilinadi. Shundan so'ng doska parda bilan
berkitib qo'yiladi va o'qituvchi bolalarga ta’kidlaydi:
— Men doskaga yozilgan gaplarni tartib bilan o'qiyman.
Sizlar men o'qigan gaplarni to'Iiq yozmay, takrorlangan
qoidaga muvofiq bo'lgan so'z va so'z birikmalarinigina
saylab yozasizlar. Agar gapda shu qoida asosida yoziladigan
so'z yoki so'z birikmasi bo'imasa, bu gapni butunlay
yozmay sizlar.
O'quvchilar saylanma diktantni yozib bo'lgach, doskadagi
matn o'qituvchi rahbarligida o'qitiladi va tekshiriladi:
o'qituvchi saylab yozish lozim bo'lgan so'z yoki
so'z birikmasining tagiga chizadi, o'quvchilar yozganlarini
doskadagiga solishtirib tekshirib, xatolarini tuzatadilar.
Masalan, 3-sinfda «Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar
» mavzusini mustahkamlash bilan shu mavzu yuzasidan
o'quvchilar bilimini sinash, qanday o'zlashtirganliklarini
aniqlash maqsadida quyida berilgan «Samarqand»
matnidan foydalanib, saylanma diktant o'tkazish mumkin.

Download 22.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling