4- mavzu: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi Ma'ruza rejasi


Olamning chekliligi va cheksizligi


Download 248.18 Kb.
bet6/21
Sana10.11.2023
Hajmi248.18 Kb.
#1762592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Olamning chekliligi va cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan bog‘liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekliligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi e'tirof etiladi. CHeksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllardan foydalaniladi.
Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik bo‘lib, u. tabiatda ichki tuzilishga ega bo‘lmagan, mutlaqo elementar ob'ektlar yo‘qligini ko‘rsatadi. Intensiv cheksizlik mikrozarralarni o‘rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo‘linishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlik bo‘lib, u muayyan ob'ekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va ob'ektdan tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu erda ob'ekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o‘zaro ta'sirlar tizimiga bog‘liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo‘lib, u bilish qaratilgan yo‘nalishdan kelib chiqadi va intensiv yoki ekstensiv deb tushuniladi. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o‘ziga xos proeksiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o‘qidagi proeksiyalarga o‘xshatish mumkin.
Dunyoning makon va vaqtda cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik naturfalsafa va kosmogoniyaga borib taqaladi. Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko‘p yangiliklar kiritdi. Kosmologiya fan sifatida olamning tuzilishi va xossalarini, makon va vaqtning cheksizligi muammosini o‘rganishga harakat qiladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik g‘oyasining ancha asosli nazariy dalillari ta'riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydo bo‘lishi kosmologiya muammolarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta'sirida yuzaga kelgan va XX asrning ikkinchi o‘n yilligida rivojlangan relyativistik kosmologiya doirasida olamning makon va vaqtda cheksiz hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo‘lindi.
Olamning relyativistik konsepsiyasi bo‘lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» g‘oyasida cheksizlik g‘oyasi butunlay inkor etilib, fanda to‘ntarish yasalishiga olib keladi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi ta'limoti o‘tmishda ko‘p karra takrorlangan olamda erning yagonaligi, Quyosh tizimi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi g‘oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo‘lsa-da, uning ayrim qisminigina qamrab olgan. Mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g‘oyasini inkor etmagan.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da'vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o‘rganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi.

Download 248.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling