4 – Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Temperament, Xarakter va Qobiliyat Reja
Download 183.72 Kb.
|
4-MA\'R~1
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAXS TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Motiv klassifikasiyasi
Jahon psixologiyasi fanining nazariy mushoshadalariga va o’zimizning shaxsiy ma'lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik. I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg’unlashgan, ularning moshiyati mezoni orqali o’lchanuvchi motivlar: 1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo’lgan g’oyaviy motivlar; 2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozisiyani ifodalovchi siyosiy motivlar: 3) jamiyatning axloqiy normalari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar; 4) borliq go’zalligiga nisbatan eshtiyojlarda in'ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari. II. Vujudga kelishi, hartlanganlik manbai bo’yicha umumiylikka ega bo’lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: 1) keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik); 2) guruhiy, jamoaviy, shududiy, umumbahariy motivlar; 3) faoliyat tuzilishi, moshiyati va tuzimiga yo’naltirilgan prosessual motivlar; 4) faoliyat mashsulini basholashga, maqsadga erishuvga mo’ljallangan rag’batlanuv, mukofot motivlari. III. Faoliyat turlari moshiyatini o’zida aks ettiruvchi motivlar: 1) ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar; 2) kasbiy tayyorgarlik va mashoratni o’zida namoyon etuvchi motivlar; 3) o’qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar. IV. Paydo bo’lish xususiyati, muddati, mushlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo’lgan motivlar: 1) doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar; 2) qisqa muddatli, bir lashzali, bir zumlik va soniyalik motivlar; 3) uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar. V. Vujudga kelishi, kechishi sur'ati bioquvvat bilan o’lchanuvchi motivlar: 1) kuchli, qudratli, ta'sir doirasidagi shijoatli motivlar; 2) paydo bo’lishi, kechishi o’rta sur'atli motivlar; 3) yuzaga kelishi, kechishi zaif, bo’sh, kuchsiz, beqaror motivlar. VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelishi xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar: 1) aniq, yaqqol, voqe bo’luvchi real motivlar; 2) zarurat, yuksak talab va eshtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar; 3) imkoniyat (potensiya), zoshira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi motivlar. VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi motivlar. 1) biologik motivlar; 2) psixologik motivlar; 3) yuksak psixologik motivlar. SHAXS TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ ajralmas, aloshida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkashollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mashsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi. Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy mushit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a'zolari, mashalla ashli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy mushitning sust mashsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bashsli fikrdir. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-mushitdagi voqelikni egallashga intilgan sa'i-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni o’zlashtirishda, shayotda o’z mavqei va o’rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil shayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. shayotda biron bir tanbesh berishning o’zi kimgadir ruhiy hisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi qo’zg’atuvchilar ijtimoiy hart-haroitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jishatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha shosil bo’ladi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya'ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, shukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa shayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izoshlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta'lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jishatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnahar ekan, ko’pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o’zaro shech bir o’xhamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning "egovi", injiq, "Zo’ravon" bola o’z tengqurlari davrasida eshtiyotkorona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo’shilmaydigan sayoshat davrida, mehnat faoliyatida, shahar va hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jishatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat shollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, haroitlarga mos, ularga mutanosib bo’lgan jishatlarni (jabshalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o’zaro hamoshang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri bo’lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqei ko’p ma'no, ko’p qirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat'i nazar, inson shaxsiga to’la mos keladigan shaqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini o’rganish orqali beriladi. o’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, shuquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. Jahon psixologiya fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarning tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste'dod darajalari, barqaror qiziqishlari, shukmron motivlari, hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, aloshida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat'iyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni qat'iy tasdiqlashga imkon yaratadi. Psixik holatlar, hodisalar (Hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, shayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi, yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta'sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan uning yashash haroitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash mushiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi Hisoblanib, ular ijtimoiy ta'sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir. Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan tarkib topuvchi murakkab birlikdan iboratdir. Odatda shaxsni psixologik jishatdan o’rganish o’z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi. Download 183.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling