4 – Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Temperament, Xarakter va Qobiliyat Reja


Download 183.72 Kb.
bet19/55
Sana05.01.2023
Hajmi183.72 Kb.
#1080271
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Bog'liq
4-MA\'R~1

Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini koʻpincha ijtimoiy qiymatga ega boʻlmagan oʻzga kishilarning bevosita tajribalarini belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yoʻl olaman. Yoʻlda oʻrtogʻim uchrab menga: "oshxona yopilgan", deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni ma’lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon joʻnayman. Bu yerda til oʻzining boshqa muhim vazifasi bilan, ya’ni vosita yoki kommunikasiya usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon boʻladi. Natijada har qanday kommunikasiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga ta’sir qilishdan iboratdir.

Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning "shaxsiy" oʻz individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning oʻziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli oʻlaroq, oʻz harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirish va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga toʻqnash keldik. Soʻz belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.

Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani oʻzlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikasiya oʻrnatish, oʻz harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining oʻzidir. Bu jarayonda nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi. Soʻzlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa boʻlinadi. Tashqi nutq - yozma va ogʻzaki nutqqa, ogʻzaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa boʻlinadi. Monolog - bir kishining oʻziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu oʻqituvchining bayoni, oʻquvchining toʻlaroq javobi, ma’ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma’lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berishi kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda oʻqituvchilar oʻquvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar oʻrtasidagi nutq - dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr koʻp jihatdan undan oldingi fikrga bogʻliq boʻladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum boʻlgan ayrim soʻzlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli boʻlmasligi mumkin: Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya’ni odatlanib qolingan soʻz birikmasi koʻp uchraydi (gʻoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon boʻladi. Biz soʻzni chala-yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim ogʻzaki nutq aktlaridan ilgariroq, xususan ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq boʻlgan ogʻzaki nutqdan ilgariroq sodir boʻlishi mumkin. Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri boʻlib, yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.


Download 183.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling