4- mavzu. “Inson mashina ishlab chiqarish” tizimi, uning xususiyatlari. 4-тема: Система «человек-машина-производство»
Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan tizimlar turlari
Download 218.52 Kb.
|
ММТХ 4 маъруза лотинча“Inson mashina ishlab chiqarish” tizimi, uning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson-mashina” tizimi
- Tizim buzilishining salbiy oqibatlari: Inson uchun
- 2. Tizim holatlari
Ishlab chiqarishda yuzaga keladigan tizimlar turlari:
“Inson-mashina - ishlab chiqarish muhiti” - mehnat predmeti yordamida tashqi muhit ta’siri ostida ishchi bilan amalga oshadigan mehnat jarayonidir. “Inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti” tizimining asosiy maqsadi - operatorning jarohatlanishini va kasb kasallanishini bartaraf etish, hamda ish samaradorligini oshirish uchun tizimning ishlashini yuqori darajada ta’minlashdir. “Inson-mashina” tizimi - shunday tizim tushuniladiki, u, odam-operator va mashina yig‘indisidan tashkil topgan mehnat jarayonidir. Bu tizimda mashina deb texnik vositalar yig‘indisiga aytiladi, bulardan odam o‘z ish faoliyati va mehnat jarayonida foydalanadi. “Inson- ishlab chiqarish muhiti” shunday tizim tushuniladiki, u, odam-operator va ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidan tashkil topgan mehnat jarayonidir Tizim buzilishining salbiy oqibatlari: Inson uchun tizim yuzaga keltiradigan salbiy oqibat uning tomonidan olinadigan jarohatlanish shaklida, mashina uchun esa avariya holatida buzilishlar shaklida, muhit uchun esa uning parametrlarining o‘zgarishi shaklida yuzaga chiqishi mumkin. Tizimlarni o‘rganishdan maqsad operatorning jarohatlanishini va kasb kasallanishini bartaraf etish, hamda ish samaradorligini oshirish uchun tizimning ishlashini yuqori darajada ta’minlash asosiy maqsaddir. Tizimning samarali ishlashi uni tashkil qiluvchi har bitta element parametrlariga va ularning o‘zaro bir-biriga ta’siri oqibatlariga bevosita bog‘liq. 2. Tizim holatlari Tizim elementlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqliklar va o‘zaro ta’sirlar mavjud bo‘ladi. Bu holat tizimni juda katta darajadagi noaniqlikka ega tizim sifatida xarakterlaydi, ya’ni tizim juda ko‘p holatlarda bo‘lishi mumkin. Tizimlar nazariyasidan ma’lumki, tizim noaniqligini xarakterlovchi holatlarning maksimal soni N quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: N=2 v , bu erda: v=n(n-1) – omillar soni n ta bo‘lgandagi o‘zaro bog‘liqlarning maksimal soni. Masalan, n=2 bo‘lganda N=4 bo‘ladi, n=3 bo‘lganda esa N=12 bo‘ladi. Demak, omillar sonining oshishi bilan juda katta darajada holatlar soni oshadi, ya’ni tizim holatining noaniqligi oshib boradi. Tizimdagi bog‘liqliklar yoki o‘zaro ta’sirlarning faqat bittasi buzilsa ham baxtsiz hodisalarga olib keluvchi xavfli holatlar yuzaga kelishi boshlanadi. Mehnat muhofazasining nuqtai nazaridan asosiy masala tizimning inson uchun xavfsiz ishlashidir. Demak, mehnat muhofazasining o‘rganish ob’ekti sifatida inson tashkil qiluvchi element bo‘lib kiradigan kichik tizimlarni olish mumkin. Masalan, “inson – mashina”, “inson –ishlab chiqarish muhiti” va boshqa. “Inson-ishlab chiqarish muhiti” tizimining elementi sifatida tashqi muhit bilan bevosita o‘zining analizatorlari yoki sezgilari orqali aloqa qiladi. Xavfsiz tizimlar yaratishda odam analizatorlarining xarakteristikalari hisobga olinishi kerak. Har qanday analizator asab tomirlari va ular tutashgan bosh miyadan iborat. Asab tomirlari asab impulsini bosh miya qobig‘iga yuboradi. Bu aloqa ikki taraflamadir. Bu analizatorlarning o‘z-o‘zini boshqarishini taminlaydi. Odam analizatorlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular bir juftdir, bu esa ishonchlilik darajasi yuqoriligini ta’minlaydi. Analizatorlarning asosiy xarakteristikasi ularning sezgirligidir. Analizatorlarga ta’sir qiluvchi har qanday qitiqlovchi ham sezilavermaydi.U sezilarli bo‘lishi uchun ma’lum miqdorga etishi kerak. Qitiqlovchining jadalligi ortib borishi bilan shunday bir vaqt keladiki, analizatorlarning qobiliyati pasayadi, og‘riq paydo bo‘ladi va uning faoliyati buziladi. Minimal qiymatini pastki absolyut sezish chegarasi, maksimal qiymatini esa – yuqorigi absolyut sezish chegarasi deyiladi. Psixofizik tajribalar qitiqlovchining kuchiga nisbatan sezish kattaligi sekinroq o‘zgarishini ko‘rsatadi. Inson sezgi a’zolari tashqi va ichki turlariga bo‘linadi. Tashqi sezgi a’zolariga - ko‘rish (ko‘z), eshitish (quloq), sal tegib ketmoq, og‘riq, harorat (teri), hid sezish (burun), ta’m sezish (til va tanglay); Ichki sezish organlariga - qon bosimi, kinestetik (mushak va paylar), vestibulyar (quloq ichida joylashgan), tananing ichida va ichki a’zolarida joylashgan maxsus turlarga bo‘linadi. Sezgi a’zolarining asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz. 1. Signallarning jadalligiga absolyut sezgirlik. Bu pastki (minimal) sezish chegarasi va yuqorigi (maksimal) sezish chegaralari bilan xarakterlanadi. Masalan, kishi qulog‘ining eshitish chegarasi -5Pa og‘riq. 2. Jadallikka sezgirlik chegarasi - bu ta’sir qiluvchining sezish chegarasidan og‘riq chegarasigacha bo‘lgan barcha o‘timlardagi qiymatlarni o‘z ichiga oladi. 3. Signalning minimal davomiyligi - bu signalning ta’sir qilishi boshlanishidan unga bo‘lgan reaksiya sezilguncha ketgan vaqt (sensomotor reaksiya). Bu yashirin vaqt ham deb ataladi. 4. Adaptatsiya (ko‘nikish) va sezgirlikning oshishi barcha sezgi a’zolariga xos vaqt bilan xarakterlanadi. Kishini o‘rab turgan muhitdagi salbiy o‘zgarishlar sezgi a’zolari faoliyatining yomonlashuviga olib keladi. Past va yuqori harorat, titrash, shovqin, zo‘riqishlar, vaznsizlik, axborot oqimining jadal ortib ketishi, vaqtning etishmasligi, charchash, nohush mikroiqlim sharoitlari, stress - bular hammasi sezgi a’zolari xarakteristikalarining o‘zgarishiga olib keladigan omillardir. Quyidagi 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xavfli holatlarga olib keluvchi omillarning oldi olinmasa, tizimning har bir elementi uchun salbiy oqibat yuzaga kelishi mumkin. Masalan: -inson uchun tizim yuzaga keltiradigan salbiy oqibat uning tomonidan olinadigan jarohatlanish (ba’zi holatlarda esa sodir bo‘ladigan o‘lim hodisasi) shaklida, -mashina uchun esa avariya holatida buzilishlar shaklida, -muhit uchun esa uning parametrlarining o‘zgarishi shaklida yuzaga chiqishi mumkin. Hodisalarni o‘zaro bog‘liq ravishda bir to‘plam tariqasida o‘rganishga tizimlash tamoyili deyiladi. Tizim tamoyili, bu ikki va undan ko‘p elementlardan tashkil topgan bo‘lib, undan olinadigan natijalar muhitini yakuniy baholashda, ya’ni mos kelish yoki kelmaslik to‘g‘risida xulosa qilishda keng qo‘llaniladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo‘lmaydi. Bu tizimning muhim xususiyati bo‘lib, xavfsizlik masalalari tahlili asosida joylashgan. Ko‘ngilsiz voqealarning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash va ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar, xavfsizlik tizimi tahlilining asosiy maqsadidir. Download 218.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling