4- mavzu: kompyuterning periferiya qurilmalari va yordamchi texnik vositalari kiritish va chiqarish qurilmalari reja
Oqimli printerlarning ishlash usullari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture 4
3.Oqimli printerlarning ishlash usullari.
Oqimli printerlarning ishlash usuli tasvir yoki harf qaerda shakllanishi kerak bo`lsa, shu yerda bo`yoq sachratiladi. Sachratish printer kallagida joylashgan soch tolasiga o`xshash naycha, ya’ni sopla orqali amalga oshiriladi. Bu kallakda mikrobo`lakchalar kabi sopla orqali o`tadigan siyohli idish– rezervuar o`rnatilgan. Soplalar soni (16 dan 64 gacha) printer rusumi va ishlab chiqaruvchisiga bog`lik bo`ladi. Ba’zi oxirgi rusumlarda soplaning ko`proq bo`ladi. Masalan, HP DESCJET 1600 kallagi qora siyoh uchun 300 ta soplaga va rangli uchun 416 ta soplaga ega. Oqimli printerlarning ishlash usullari. Oqimli printerlarning zamonaviy rusumi quyidagi usullarni o`z ishida qo`llashi mumkin: · Pezoelektr usuli. · Gazli pufaklar usuli.
4 · Drop-on-demand usuli. Pezoelektr usuli. Bu usulni amalga oshirish uchun xar bir soplaga diafragma bilan bog`lik yassi pezokristall o`rnatiladi. Ma’lum bo`lishicha, elektr maydonni ta’siri ostida pezoelementlar deformatsiyasi sodir bo`ladi. Bosma davomida trubkadagi pezoelement siyoh bilan kapillyar tizimni to`ldiradi. Orqaga siqiladigan siyohlar rezervuarga qayta quyiladi, siqilgan siyoxlar esa qog`ozda o`z izini qoldiradi. Bunday usullar EPSON, BROTHER kompaniyalari ishlab chikargan printerlarda qo`llanadi.
1- rasm. Pezoelementli oqimli printerning ishlash prinsipi. Gazli pufaklar usuli. Bu usul termik hisoblanadi va gazli pufakchalar(BubbleJet) deyiladi. Bu usulni ishlatishda xar bir sopla qizdirish elementlari bilan jixozlangan, xar bir qizdirishda sopla bir necha mikrosekund ichida 500 0 S gacha qiziydi. Qizdirilganda paydo bo`ladigan gazli pufakchalar sopla orqali qog`ozga tushadigan suyuq siyoh tomchisini itarib tushiradi. (2-rasm). Tok o`chirilishi bilan qizdiradigan element soviydi, parli pufak kichrayadi va kirish teshigidan siyohning yangi oqimi keladi. Bunday texnologiyani CANON firmasi kashf qilgan.
2 – rasm. Printerning gazli pufak usuli bo`yicha ishlash prinsipi. Drop-on-demand. HEWLETT-PACKARD firmasi ishlab chiqqan usuli drop-on-demand deyiladi. Gazli pufaklar usuli(3– rasm)kabi bu usulda ham qizdirilgan element ishlatiladi. Gazli pufaklar usulida bunday funksiya faqat qizdiriladigan element zimmasiga yuklatilgan.
3 – rasm. Printer drop-on-demand usuli bo`yicha ishlash prinsipi. 5 Gazli pufaklar usuli ishlatiladigan bosish mexanizmlarida konstruktiv elementlari kamrok, bunday printerlar ishlatishda ishonchli va ishlatish muddati uzoqroq. Undan tashqari, bunday texnologiyani ishlatish printerlarni kengaytma qobiliyatlarini yuqori darajasiga erishish imkonini beradi. Chiziqlarni chizishda yuqori sifatga ega bo`lgan usul yaxlit to`ldirishli bosishda kamchilikka ega: ular biroz yoyilgan bo`lib chiqadi. Gaz pufakli usulni grafik, gistogramma uchun ishlatish maqsadga muvofiq bo`ladi, yarimtonli grafik tasvirlarni bosishda drop-on-demand usulini ishlatish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ignali printerlar yordamida rangli tasvirni bosmaga chiqarish, kerakli sifatni bermaydi. Turli rangli siyohlarni ishlatish deyarli sifatli va qimmat bo`lmaganligi uchun oqimli printerlarni ishlatishga olib keldi. Odatda rangli tasvirni bosmaga chiqarishda to`rtta asosiy ranglarni ustma-ust tushirishda shakllanadigan CMYK rang sxemasi ishlatiladi: havo rang (cyan), to`q qizil (magenta), sariq (yellow) va qora(Key - yetaklovchi black) rang. Murakkab ranglar tayanch ranglarni aralashtirish bilan hosil qilinadi. Oqimli printerning afzalliklari. bosma sifatining yuqoriligi; bosma tezligining yuqoriligi —10 rrt gacha; oddiy qog`ozning ishlatilishi – 60 – 135 g/m 2 gacha bo`lgan qog`ozda bosadi; shovqinsiz ishlaydi. Shovqin 40 db ga yaqin darajani tashkil etadi, bu esa ignali printerlarnikiga qaraganda 15 db ga kam. Oqimli printerni asosiy kamchiligi soplo ichidagi siyohni qurib ketishi ehtimoli yuqori bo`ladi, bu esa bosayotgan kallakni almashtirishga olib keladi. Ba’zi bir turdagi printerlarni ishlatish davomida o`chirib bo`lmaydi, chunki bu holda kallak oraliq holatda qoladi, bunday hol esa soploni tez qurib qolishiga olib keladi. Ko`p printerlarda printer ichida bosmalovchi kallakni boshlang`ich holatiga qaytadigan to`xtash tartibi mavjud, bunday tartib siyohlarni qurib qolishidan saqlaydi.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling