4- mavzu: kompyuterning periferiya qurilmalari va yordamchi texnik vositalari kiritish va chiqarish qurilmalari reja


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana08.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#251080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Lecture 4

4. Lazerli printerlarning turlari. 

 

Lazerli  printerlar  bosmaning  yuqori  sifatini  va  tezligini  ta’minlaydi.  Ular  tasvir  shakllanishining 

elektrografik usulini qo`llaydi.  

Lazerli  printer  quyidagicha  ishlaydi:  lazer  nuri  yordamida  fotosezuvchi  baraban  varaqda 

elektrostatik tasvir yaratiladi. Barabanga joylashgan maxsus bo`yalgan kukun ”toner” deyiladi. Bu “toner” 

betlarda  mavjud  tasvir  yoki  xarflarga  yopishadi.  Baraban  aylanib  qog`oz  varag`iga  yopishib  tonerni 

o`tkazadi. Toner qog`ozga maxkamlangandan keyin tayyor tasvir hosil bo`ladi. Bunday texnologiya nusxa 

ko`chirish apparatlarida ishlatiladi.  

  Xar  bir  printerda  xotira  mikrosxemasi  mavjud,  lazerli  va  oqimli  printerlarda  esa  undan  tashkari 

o`rnatilgan  protsessor  xam  bor.  Shuningdek,  printerni  –  maxsuslashtirilgan  kompyuter  deb  xam  atasak 

bo`ladi  (4–rasm).  Printerdagi  xotira  bosish  vazifasini  ma’lumotlarni  kiritish  uchun  bog`lovchi  bo`lib 

xizmat  kiladi;  u  tasvir,  shrift  va  buyruklarni  yaratish  jarayonida  ma’lumotlarni  saklash  uchun,  xamda 

shriftlarni  yozilish  va  boshka  ma’lumotlarni  vaktincha  saklash  uchun  mo`ljallangan.  Lazerli  va  oqimli 

printerlar xotirasining xajmi – uning imkoniyatlarining ko`zgusi bo`ladi. Printer xotirada butun sahifadagi 

rastrli  tasvirni  (grafik  tasvirni  va  shriftni)  yaratish,  so`ng  uni  bosib  chiqarish  kerak  bo`ladi.  Bosishdan 

oldin xar bir vektorli tasvir va shriftlar konturi rastrda qaytadan tuziladi. Sahifalardagi grafik va shriftlarni 

katta  miqdori  katta  xotira  xajmini  talab  etadi.  Undan  tashkari,  xotira  printerning  shriftlarni  va 

sahifalarning  ta’rifi  tilini  tushuntiruvchini  saqlash  uchun  kerak.  Xotira  yetmaganda  printer  grafika  yoki 

matnni  aralashmasini  bosib  chiqaradi,  grafik  tasvirni  ikkita  qog`ozga  bo`ladi,  bir  nechta  shrift  ishlatadi 

yoki xech qanday shriftni bosmaydi. 




 

 



 

4–rasm. Lazer printerining ishlash sxemasi.  

 

  Hujjatlarni lazerli printerda  bosmadan chiqarish  jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 



·   Ulanish; 

·   Ma’lumotlarni qayta ishlash; 

·   Formatlash; 

·   Rasterizatsiya; 

·   Lazerli skanerlash; 

·   Toner quyish; 

·   Tonerni mustahkamlash. 

 Turli  xil  printerlar  buni  xar  xil  usullar  bilan  bajaradi,  biroq  ko`pchilik  printerlar  tomonidan  xuddi 

shu  ketma-ketlikdagi  xarakatlar  bajariladi.  Masalan,  printerlarni  qimmat  bo`lmagan  rusumlari  bosish 

jarayonida  kompyuter  ishlatadi,  qimmatroqlari  va  takomillashgan  rusumlarni  operatsiyalarning  aksariyat 

qismini shaxsiy apparatli va dasturli ta’minlash yordamida bajaradilar. 

Ulanish.  Xujjatni  bosib  chikarish  uchun  avval  kompyuterdan  printerga  vazifa  yuborish  kerak. 

Buning  uchun  odatda  kompyuterning  parallel  porti  ishlatiladi,  ammo  alohida  printerlar  muntazam  port 

bilan  xam  ishlaydilar.  Printerlarni  ba’zi  bir  rusumlari  ikkita  portni  qo`llab,  bir  necha  kompyuterlarga 

ulangan  bo`lishi  mumkin.  Parallel  yoki  ketma-ketli  ulanishda  ishlaydiganlardan  tashqari  printerlarni 

tarmoqli  rusumlari  kiritilgan,  tarmoqli  adapterga  ega  bo`lib  tarmoqli  kabelga  to`g`ri  ulanish  mumkin. 

Oxirgi  paytda  USB  interfeysli  birinchi  rusumlari  xam  ko`rina  boshladi.  Kompyuterni  printerga  ulashda 

printerga    bosmaga  chiqarish  vazifasi  yuboriladi.  Biroq  ma’lumotlar  ikki  yo`nalishli  bo`lishi  mumkin, 

ya’ni  printer  xam  kompyuterga  ma’lumotlarni  uzatishni  davom  etishini  yoki  to`xtash  xaqida  xabar 

beruvchi  nazorat  signallarini  yuborish  mumkin.  Odatda  printerga  o`rnatilgan  xotira  xajmi    bosma 

vazifasidan  ko`ra  kam  bo`ladi.  Bufer  to`lib  ketganda  printer  kompyuterga  ma’lumotlarni  uzatilishini 

to`xtatish xaqida xabar beradi. Bir bet bosib bo`lingandan keyin printer buferdan ma’lumotlarni o`qishni 

boshlaydi va kompyuterni uzatish qayta tiklanganligi xaqida xabar  beradi. Bu jarayon sinxronlash, ya’ni 

moslash deyiladi. U uchun aloxida bayonnoma mavjud.  

Ma’lumotlarni  qayta  ishlash.  Printerga  ma’lumotlarni  yuklagandan  keyin  kompyuter  kodni  o`qish 

jarayonini  boshlaydi.  Lazerli  printerlar  bosma  uchun  maxsuslashtirilgan  kompyuterga  o`xshaydi,  chunki 

kompyuterning komponentlariga o`xshash bo`lgan mikroprotsessor va xotira mavjud. Printerning bu qismi 

nazoratchi  deyiladi.  Nazoratchi  kelib  tushgan  ma’lumotlardan  oldin  boshqaruv  buyruqlarni  ajratadi. 

Printer  protsessori  formatlash  jarayonining  qismi  bo`lgan  kodini  o`qiydi  va  buyruqlarini  bajaradi,  keyin 



 

esa printer konfiguratsiyasi bo`yicha boshqa qo`llanmalarni bajaradi (masalan, lotok bilan qog`oz tanlovi, 



bir tomonlama yoki ikki tomonlama  bosma).  

Formatlash.  Ma’lumotlarni  interpretatsiya  jarayonida  formatlash  fazasini  o`z  ichiga  oladi.  Buning 

davomida  hujjat  qog`ozga  qanday  joylashish  kerakligini  ko`rsatuvchi  buyruqlarni  bajaradi.  Aks  etish 

aniqligi  printer  drayveriga  bog`lik.  Ko`p  hollarda  printer  xujjatni  interpretatsiya  yo`li  bilan  buyruqlarni 

bajaradi.  

Qog`oz  o`lchovi,  sahifadagi  hoshiyalar  joylashuvi,  qator  orasidagi  buyruqlar  bajariladi.  Keyin 

nazoratchi  bu  matnni  va  grafikani  sahifani  maketiga  joylashtirib  matnni  tekislash,  murakkab  muolajani 

bajaradi. 

Formatlash  jarayoni  rastrda  konturi  va  vektorli  grafikani  o`zgartirishini  o`z  ichiga  oladi.  Masalan, 

ma’lum  o`lchovdagi  qandaydir  shriftni  ishlatish  kerakligi  haqidagi  buyruq  paydo  bo`lganda  nazoratchi 

shrift  konturlariga  murojaat  qilib  kerak  bo`lgan  o`lchovdagi  belgilar  to`plami  rastrli  tasvirni  tushiradi. 

Belgilarni  rastrli  tasvirlari  vaqtinchalik  shriftlar  keshiga  joylashtiriladi,  u  yerdan  hujjat  uchun  kerak 

bo`lganda bevosita ishlatish uchun olinadi.  

Rasterizatsiya.  Buyruklarni  detalli  to`plami  yordamida  formatlash  jarayoni  natijasida  xujjatni  xar 

betidagi  xar  bir  simvol  va  grafik  tasvirni  aniq  joylashuvi  aniqlanadi.  Ma’lumotlarni  interpretatsiya 

jarayoni  oxirida  nazoratchi  nuqtalar  massivini  tuzish  uchun  buyruklarni  bajaradi.  Bu  nuqtalar  keyin 

qog`ozga  ko`chiriladi.  Bu  muolaja  rasterizatsiya  yoki  nuqtalashtirish  deyilladi.  YAratilgan  nuqtalar 

massivi  sahifaning  buferiga  joylashtiriladi  va  u  yerda  qog`ozga  ko`chirilguncha  bo`ladi.  Rasterizatsiya 

natijaviyligi  printerda  belgilangan  xotira  miqdoriga  va    bosmani  joriy  vazifasidagi  kengaytmani 

ishlatishiga bog`liq.  Monoxram  bosmada xar bir nuqta – xotiraning bitta baytidir. Qog`oz xajmi uchun va 

300  dpi  kengaytmasi  uchun  xotirani  1051875  bayti  zarur,  bu  1Mbaytiga  ko`p.  600  dpi  ruxsat  berishda 

xotirani zarur xajmi 4Mbaytga o`sadi.  

Lazerli  skanerlash.  Rasterizatsiyadan  keyin  sahifani  tasviri  xotirada  saqlanadi,   keyin  esa  jismonan  

bosma jarayonini bajaradigan  bosma uskunaga uzatiladi. Bosmalovchi uskuna (print engine) – printerdagi 

tasvirni  qog`ozga  bevosita  o`tkazuvchi  uskunalarni  aniqlash  uchun  umumiy  atama.Ular  quyidagi 

elementlarni  o`z  ichiga  oladi:  lazerli  skanerlash  tuguni  (lazer  tuguni),  fotosezuvchi  element,  tonerli 

konteyner,  tonerli  tarqatish  bloki,  korotronlar,  razryadli  lampa,  qotirish  bloki  va  qog`ozni  yetkazish 

mexanizmi. Ko`pincha bu elementlar bitta modul ko`rinishida bajariladi. 

Printer  va  nusxa  ko`chirish  apparatlari  ma’lumotni  olish  va  qayta  ishlash  usuli  bilan  farq  qiladi. 

Nusxa  ko`chirish  apparati  xujjat  obrazini  shakllovchi  o`rnatilgan  skanerdan  iborat,  printer  esa 

kompyuterdan  bu  ma’lumotlarni  raqamli  ko`rinishda  qabul  qiladi.  Tasvirni  rasterizatsiya  qilingandan 

keyin,    bosmalovchi  uskunaga  uzatiladi  va  xujjat  ustidagi  qolgan  harakatlar  printerdagi  harakatlardan 

deyarli farqlanmaydi.   

Toner  tarqatish  valigi  magnitli  qatlam  bilan  qoplangan  va  toner  uchun  “mo`yqalam”  funksiyasini 

bajaradi. Toner – maxsus xususiyatga ega bo`lgan qora kukun bo`lib, bosmalanuvchi sahifada tasvirni aks 

ettiradi. Valik aylanganda toner zarrachalari konteynerdan valikni magnitli yuziga taqsimlanadi.  Bu valik 

fotosezuvchi  baraban  yonida  joylashgan.  Baraban  yuzi  valik  bilan  to`qnashganda  lazer  yordamida 

neytrallashgan qismlarga tortiladi. Shunday kilib, toner zarrachalari yordamida barabanda sahifalar rasmi 

shakllanadi. Baraban sekin aylanib qog`oz yuzi bilan ishqalanadi. Printerda qog`oz aylanayotgan baraban 

toshdan  chiqadigan  qilib  qog`ozni  lotokdan  olib    bosma  uskunasiga  uzatadigan  mexanizmi  mavjud. 

Qog`ozni  uzatish  tezligi  baraban  aylanish  tezligiga  teng.  Qog`oz  tagida  yana  bir    korotron  mavjud.  U 

yordamida qog`oz varog`i zaryadlanadi va toner zarrachalari barabandan qog`ozga tasvir hosil etib o`tadi. 

Tonerni  qog`ozga  tushgandan  keyin  baraban  aylanishda  davom  etib  razryadli  lampaga  tushadi,  u 

yordamida baraban yuzi “tozalanadi”. Endi baraban to`liq toza va keyingi sahifa uchun tayyor bo`ladi.  

Tonerni  mustaxkamlash.  Fotosezuvchi  barabandan  qog`ozga  o`tkazilgandan  keyin  qog`oz  o`z 

xarakatini davom etadi va yana bir korotron ustidan, razryadli korotrondan o`tadi. U zaryadni yechadi. Bu 

printerni  boshqa  qismlari  bilan  to`qnashmasidan  oldin  qog`ozni  varag`ini  elektrli  neytrallashtirish  uchun 

zarur.  Shunday  qilib  varag`ida  qandaydir  tasvirga  ega  bo`lgan  toner  sepilgan.  Toner  kukun  ko`rinishida 

bo`ladi,  va  arzimagan  ta’sir  tasvirni  buzadi.  Qog`ozda  toner  qotishi  uchun  200°Sgacha  qizigan  2  valik 

orasidan  yumalatib  o`tkaziladi.  Bunday  isitish  tonerdagi  zarrachalarini  erishiga  va  qog`ozga  yopishib 

qolishiga olib keladi. Bosma jarayoni tugaganda qog`oz printerdan chiqib keladi.                                          

Rangli  lazer  printerlari.  Bosmani  bunday  turi  uchun  xam  monoxromli  rusumlarda  ishlatilgan 

texnologiya  ishlatiladi,  faqat  bir  rangli  toner  o`rniga  to`rt  rangli  toner  ishlatiladi.  Rangli  lazer  printerlari 

bir  vaqtda  xamma  rangni  bosib  chiqarmaydi,  faqat  bittasini  bosadi.  Bundan  faqat  bitta  fotosezuvchi 




 

baraban borligi ma’lum bo`ladi; bitta bet 4 ta o`tishda bosmaga chiqariladi. Rangli lazerli printerda qog`oz 



uzatish  mexanizmi  juda  murakkab.  Monoxrom  bosishda  barabanni  aylanish  tezligi  va  qog`oz  uzatish 

tezligi  bir  xilligini  ta’minlash  kerak,  ranglida    bosmalangan  varaqni  qaytarib    bosish  jarayonini  4  marta 

qaytarish kerak bo`ladi. Printerlarni ba’zi rusumlarida barabanda 4ta rangni “aralashmasi“ (ya’ni baraban 

tonerni  barcha  ranglari  tushishi  uchun  bir  nechta  aylanishlar  qiladi  )  sodir  bo`ladi  va  qog`ozga  bosiladi. 

Xar  qanday  holda  xam  barcha  toner  ranglarini  qog`ozga  ko`chirilgandan  keyin  mustaxkamlash  blokka  - 

qizdirilgan  valiklarga  tushadi.  Bu  qog`ozda  tayyor  tasvir  paydo  bo`lishi  uchun  baraban  bir  nechta 

aylanishi kerak bo`ladi. 

Lazerli printerning afzalliklari. 

  bosma sifatining  yuqoriligi – 2880 dpi gacha (rangli lazerli printerning 700 dpi si oqimli printerning 

1400 dpi siga teng); 

  ruxsat berish qobiliyatiga tezligi bog`liq emas;  

  bosma tezligining yuqoriligi (minutiga 4 dan 40 sahifagacha);  

  nusxa tannarxining pastligi; 

  shovqinsiz ishlaydi.  

Lazerli printerni asosiy kamchiligi: 

  narxining qimmatligi, ayniqsa rangli printerning; 

  elektroenergiyaning ko`p sarflanishi. 


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling