Tarmoq qurilmalari.
Hozirgi tarmoq platalari RJ (Registered jack)45 razyomiga mo’ljallangan bo’lib, juda katta
tezliklarni ta’minlab bera oladi. Mis kabellar, optik kabellar orqali ma’lumotlar almashinuvini amalga
oshirish mumkin. Eski ISA shinali tarmoq kartalarida esa koaksial kabellar ishlatilar edi.
Hub, switch yoki marshrutizator... Ularning xar biri vazifalariga qarab turli joylarda qo’llaniladi.
Misol uchun xab kichik lokal tarmoqlarda qo’llansa, switch esa nisbatan katta tarmoqlarda qo’llaniladi.
Tarmoq foydalanuvchilari soni 10 tadan oshmaganda xabdan foydalanish iqtisodiy jixatdan ham to’g’ri
yechim hisoblanadi. Ammo tarmoqda mavjud kompyuterlar soni 20 va undan ko’p bo’lsa, switchdan
foydalangan ma’quldir. Chunki tarmoqqa katta yuklanishdagi ma’lumot kelib tushganda, xab uni qayta
ishlamasdan barcha portlarga tarqatadi va natijada xab qotib qolishi mumkin
Switch (kommutator)ga bunday yuklanish cho’t emas. Uning yechimini bir onda topadi. U biror bir
portga kelib tushgan paketlar ketma – ketligini skanerlab, qaysi portdan chiqishi kerakligini tanlab, MAC
adres bo'yicha o'sha port orqali uzatadi. Bu xolatda ishlash tezligi bir qancha millisekundlarga kamayishi
mumkin ammo bu sizga sezilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |