4 -mavzu. Nutq texnikasi va madaniyati quyidagi amaliy ishlarni bajaring: Pedagogik texnika mohiyati va tarkibiy qismlari bilan tanishish Nutq, «pedagogik nutq»


Download 0.79 Mb.
Sana25.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1121417
Bog'liq
4-amaliy


4 -mavzu. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI
Quyidagi amaliy ishlarni bajaring:

  1. Pedagogik texnika mohiyati va tarkibiy qismlari bilan tanishish

  2. Nutq, «pedagogik nutq» va uning shakllarini o‘rganish.

  3. Pedagogik nutq funksiyasi, xususiyatlari va texnikasi bilan tanishish.

  4. Talabalar nutqining fazilatlari va nutq madaniyatini kuzatish, taxlil etish.

  5. Bo‘lajak o‘qituvchilar nutqini takomillashtirish bo‘yicha mashqlar o‘tkazish.

  6. Nutq va notiqlik haqidagi mutafakkirlarimiz fikrini yig‘ish va tahlil etish.

Tayanch tushunchalar:
Pedagogik texnika, notiqlik san’ati; “San’atlar shohi”; suhbat metodi; ideal notiq; ovoz ritorikasi; nutq odobi; nutq texnikasi; til va nutq; nutqning ravonligi; nutqning ta’sirchanligi; grammatik norma; nutqning mantiqiyligi; nutqning tozaligi va ifodaliligiichki nutq; o‘qituvchining nutq madaniyati; monologik nutq; dialogik nutq; kommunikativ nutq; tovush; diapazon va tembr; fonotsional nafas; diksiya; ritmika; artikulyatsiya; diafragma ishtirokida nafas olish; dialogik nafas olish.
1-ilova

«Blits so`rov» savollari.

  1. Pеdagogik mahorat dеganda nimani tushunasiz?

  2. Pеdagogik tеxnika nima?

  3. Pеdagogning o`z ruhiy holatini boshqarishi dеganda nimani tushunasiz?

  4. Nutq nima? Nutq va tilning qanday farqi bor?

  5. Nutq madaniyati va nutq odobi nima?

  6. Notiqlik san'ati nima?

  7. Pedagogik nutq nima va uning qanday shakllari bor?

  8. Pedagogning og`zaki nutqi qanday shakllarda bo`ladi?

  9. Pedagogik nutq qanday funksiyalarni bajaradi?

  10. Aktyorlik mahorati dеganda nimani tushunasiz?

  11. Mashhur notiqlardan kimlarni bilasiz?



2-ilova


3-ilova

Pedagogik nutqning funksiyalari

1. Bilimni o’quvchilarga to’liq holda berilishini ta`minlash.


2. O’quvchining samarali o’quv faoliyatini tashkil etish.
3. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro mahsuldor munosabatni ta`minlashi lozimligi


4-ilova


Ma'lumki nutq og`zaki va yozma ko`rinishlarga ega. Og`zaki nutq so`zlovchi gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo`lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Ammo nutq ta'sirida uyg`ongan xayolan bеrilgan axborotni ma'lum vaqtga tinglovchi ongida saqlanishi, uning hulqiga tasir etish mumkin.
Og`zaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko`rsatsa bo`ladi: Og`zaki nutq tеzkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan uning libosi bulgan so`z birgalikda “yashin tеzlikda” tilga kеla boshlaydi. Bazan tushunchani ifodalovchi so`zni o`sha tеzlikda so`zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki o`ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so`zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq (gap, gaplar) ko`zlangan maqsadni (fikrni) to`liq ro`yobga chiqarmaydi. Bundan tinglovchi ham so`zlovchi ham zarar ko`radi.


5-ilova
Venn diagrammasi.


Venn diagrammasi bir-birini kesadigan ikki yoki undan ko‘p doiralarda ko‘riladi, ular o‘rtasida yozish uchun yetarli joy qolishi kerak. U g‘oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko‘rsatishi kerak. Masalan, talabalar Alisher Navoiy, Kaykovus yoki Yusuf xos Xojibning nutq va notiqlik haqidagi qarashlarini taqqoslaydilar deylik. Venn diagrammasi bir-biriga yopishgan ikki doira bilan birga ushbu fikrlar o‘rtasida zidlik o‘tkazish, ayni vaqtda ularning umumiy unsurlarini ko‘rsatish imkonini beradi.
O‘qituvchi o‘quvchilar juftligidan Venn diagrammasini tuzib, unda tegishlicha faqat bir mutafakkirga taalluqli bo‘lgan doiralarning ikki qisminigina to‘ldirishni so‘rashi mumkin. So‘ngra juft boshqa juftga qo‘shiladi va to‘rt kishi o‘z diagrammalarini taqqoslashlari, so‘ngra o‘rtasida, ular ko‘rganidek, ikkala mutafakkir uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar ro`yxatini tuzishlari mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling