Maqollar – kishi anglatmoqchi boʻlgan ma’noni obrazli qilib ifodalash uchun xizmat qiladi, nutqning ta’sirchanligini ta’minlaydi. Maqollar – fikrni alohida ta’kidlash uchun xizmat qiladi va uning siyosiy va ma’naviy o‘tkirligini oshiradi, gʻoyat murakkab hodisalarning mohiyatini oydinlashtiradi, fikrning nishonga tegishini ta’min etadi. Maqollardan foydalanishda ularning tushunarli boʻlishi, oʻz o‘rnida to‘gʻri ishlatilishiga, nutqning aniq va ta’sirchan qilishiga e’tibor berish lozim.
Soʻzlar nutqda oʻz ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’noda ham qoʻllanadi. Soʽzning ko‘chgan ma’nolari nutqni koʻplab ma’no tovlanishlari bilan ta’minlaydi. Notiq soʻzlarni oʽz ma’nosida ishlatish bilan birga, biror voqea-hodisa mohiyatini yaqqolroq va aniqroq ochib berish uchun soʻzlarning turli ma’no tovlanishlariga murojaat qiladi. Soʽzning ko‘chma ma’nolari tufayli notiq nutqining ta’sirchanligi ta’minlanadi. Tilda soʽz ma’nolari metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik yoʻllari (usullari) orqali ko‘chadi. Bu usullar tilshunoslikda yangi soʽz hosil qiluvchi vositalar tarzida qayd etiladi. Nutq to‘gʻri, ammo ayni vaqtda tushunilishi qiyin boʻlishi mumkin. Nutq to‘gʻri, biroq nutq soʽzlanayotgan sharoitga mos boʻlmasligi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.
Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.
Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |