4- mavzu. Saralash usullari. Massiv elementlarini saralash. Reja: Saralash usullari


Download 23.21 Kb.
bet1/7
Sana22.10.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1715170
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4- mavzu. Saralash usullari. Massiv elementlarini saralash. Reja-fayllar.org


4- mavzu. Saralash usullari. Massiv elementlarini saralash. Reja: Saralash usullari

4- MAVZU. SARALASH USULLARI. MASSIV ELEMENTLARINI SARALASH.

Reja:
1. Saralash usullari: asosiy tushunchalar
2. Massivda saralash usullari:
a. To’g’ridan-to’g’ri qo’yish orqali saralash algoritmi
b. To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli
c. To’g’ridan-to’g’ri almashtirish usuli
3. Sheyker saralash algoritmi
4. Shell saralash algoritmi
5. Foydalanilgan manbalar

Kalit so’zlar: Saralash, saralash usullari, qo’yish usuli, tanlash usuli, almashtirish usuli, Sheyker usuli, Shell usuli.


1. Saralash usullari: asosiy tushunchalar


Saralash (tartiblash)– bu berilgan ma’lumot elementlarining ba'zi bir xususiyatlariga ko'ra tartiblanishi (joylashtirilishi) hisoblanadi. Ko'p hollarda saralash mezoni (xusisiyati) sifatida aniq bir raqamli maydon qo’llaniladi va bu maydon kalit deb ataladi. Elementlarni kalit bo’yicha tartiblashda har bir keyingi elementning kaliti oldingisidan kichik bo’lsa kamayish tartibida, kalit maydon qiymati oldingisidan katta bo’lsa o’sish tartibida saralash deb ataladi.

Saralashdan asosiy maqsad - saralangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida zarur bo’ladigan elementni tez va oson qidirib topishni soddalashtirishdan iborat.
Mavjud saralash algoritmlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
• ichki saralash algoritmlari (massivda saralash);
• tashqi saralash algoritmlari (faylda saralash).


Massivda saralash. Odatda massivlar ixtiyoriy jarayonlarni tez amalga oshirishni ta’minlovchi tezkor xotirada joylashadi. Massivlarni saralash algoritmlarining asosiy xususiyati tezkor xotirada ishlashni minimallashtirishdan iborat. Bunda elementlarni qayta joylashtirish jarayoni tezkor xotiraning o’zida bajarilishi shart.
Massivlarda saralash usullarini 3 ta sinfga ajratish mumkin:
• qo’yish orqali saralash;
tanlash asosida saralash;
• almashtirish orqali saralash.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling