4- mavzu. Sodda psixik jarayonlar Reja
Diqqatning vazifalari va turlari
Download 258.61 Kb.
|
4-СОДДА ПСИХИК ЖАРАЁНЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiyorsiz diqqat
3. Diqqatning vazifalari va turlari
Diqqat inson hayoti va faoliyatida ko‘plab turli xil vazifalarni bajaradi. U zarur bo‘lgan psixologik va fiziologik jarayonlarni faollashtiradi, qolganlarini esa susaytiradi, organizmga etkazilayotgan axborotning uning dolzarb ehtiyojlariga muvofiq holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab o‘tkazilishiga yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi. Diqqatning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Bularga tabiiy va ijtimoiy belgilangan, bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqat, hissiy va intellektual diqqat kiradi. Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar. Ixtiyorsiz diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi. Ixtiyoriy diqqat – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik. Ixtiyorsiz diqqat maqsad qo‘yish va iroda qatnashuvi bilan bog‘liq emas, ixtiyoriy diqqat uchun esa iroda boshqaruvi va maqsadning mavjud bo‘lishi shart. Odatda, ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishida jismoniy, psixofizik va ruhiy sabablarning yaxlit to‘plami bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lsada, shartli ravishda quyidagi to‘rt darajaga bo‘lish mumkin. Sabablarning birinchi guruhi tashqi qo‘zg‘atuvchi xususiyati bilan, avvalambor, seskantiruvchining kuchi yoki jadalligi bilan bog‘liq. Masalan, siz biror ishni ishtiyoq bilan bajarayotganingizdan, qo‘shni xonadagi yoki ko‘chadagi engil shovqinni eshitmaysiz. Lekin to‘satdan oldingizda polga tushgan og‘ir jismning baland tovushi eshitiladi, bu beixtiyor diqqatingizni jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat uchun seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, seskantiruvchi ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.[2] Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga turlicha munosabat bildiradilar. Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq. Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi. Va, nihoyat, ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradigan sabablarning to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan his-tuyg‘ular tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani hosil qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi. Ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, uning ongli maqsad tomonidan boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlar kechishini faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq. Lekin ixtiyoriy diqqatda bularning ko‘rsatadigan ta’siri bevosita emas, aksincha, bilvositadir. Diqqatning yana bir turi mavjud. Ixtiyoriy diqqatga o‘xshash, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatiga ega bo‘lib, va dastlab iroda kuchini talab etadi, lekin keyinchalik odam ishga «kirib boradi»: faoliyatning natijasi emas, balki, uning mazmuni va jarayoni ham qiziqarli bo‘lib, ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bunday diqqat N.F. Dobrinin tomonidan ixtiyoriydan keyingi diqqat deb nomlandi. Masalan, o‘quvchi qiyin arifmetik masalani echa turib, dastlab, unga ma’lum kuch sarf etadi. Masala murakkab, o‘quvchi chalg‘iy boshlaydi. U o‘zini, irodasini ishga solgan holda, masalani echishga majburlaydi. Mana, masalani echishga birinchi urinish natija berdi, echishning to‘g‘ri usuli belgilab olindi. Masala oydinlasha boradi. Masala o‘quvchining ishtiyoqini band eta boshlaydi. U endi chalg‘imasdan, qiziqarli masalaga kirishib ketadi. Diqqat ixtiyoriydan ixtiyorsizga aylandi. Haqiqiy ixtiyorsiz diqqatdan farq qilib, ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas.[1] Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir-biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi. Download 258.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling