TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO‘YICHA O‘Z – O‘ZINI TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. Xotira deganda nimani tushunasiz?
2. Xotiraning bilish psixik jarayoni sifatidagi xususiyatlarini aytib bering.
3. Xotiraning qanday nazariyalarini bilasiz?
4. Xotiraning asosiy jarayonlari haqida gapirib bering.
5. Xotiraning qanday turlarini bilasiz? Xususiyatlarini gapirib bering.
6. Xotiraning individual xususiyatlari haqida gapirib bering.
7. Xotira umumiy qonunlarining xususiyatlari va yodda saqlashning mnemotexnikaviy usullari haqida gapirib bering.
8. Xotiraning boshlang‘ich obrazlari va emotsional ta’sir obrazlari o‘rtasida qanday o‘xshashlik va tafovut mavjud?
MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Xotira – bu:
a) avval orttirilgan bilimlarni saqlash;
b) amaliy faoliyatda o‘tmish tajribasidan foydalanish psixik jarayoni;
v) hissiyotlar va idroklarga asoslangan insonning tajribani eslash qobiliyati;
g) inson o‘tmish tajribasini esda olib qolish, esda saqlash va eslashning psixik jarayoni.
2. Xotira jarayonlari:
a) esda olib qolish, assotsiatsiyalar, tasavvurlar;
b) esda olib qolish, esda saqlash, tasavvurlar;
v) esda olib qolish, esda saqlash, eslash, unutish;
g) esda olib qolish, tasavvurlar, unutish.
3. Xotiraning harakat, emotsional, obrazli va verbal xotiralariga bo‘linishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) etakchi analizator;
b) aks ettirish predmeti;
v) sub’ekt faolligi;
g) faoliyat turi.
4. Xotiraning yuksak turi ... xotira hisoblanadi:
a) harakatli;
b) obrazli;
v) emotsional;
g) verbal.
5. Materialni esda olib qolish oson kechadigan holat:
a) maqsadga erishish shartiga kiritilganida;
b) faoliyat asosiy maqsadi mazmuniga kirganida;
v) maqsadga erishish usullariga kiritilganida;
g) erkin tartibda berilganida.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |