4- Mavzu: Tarix fanidan darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ularning tahlili
Glossariy
Darslik- muayyan o‘quv predmeti mazmunini o‘quv dasturida ko‘rsatilgan
hajmda, davlat ta’lim standartlari va didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil
bayon qilib beradigan manba.
O‘quv qo‘llanmalar - yuqori
malakali, tajribali olimlar va tajribali pedagoglar
tomonidan yaratiladi va o‘qituvchi- pedagoglar foydalanishlari
uchun tavsiya
etiladi.
Didaktik materiallar- dars mazmunini to‘la ifodalash va o‘quvchilarning dars
mazmunini to‘la tushunib yetishlari uchun xizmat qiladi.
Tushuntirib va izohlab o‘qish- o‘qituvchi butun
mavzu yoki uning biror
bo‘limini goh bayon qiladi yoki darslik matnini o‘qib, tushuntirib, izohlab berishi.
Tarix darsligining asosiy tarkibiy qismlari – matn (asosiy, qo‘shimcha, va
izohlovchi) va matndan tashqari komponentlar (metodik qism, illyustratsiyalar,
orentirovkalash apparati).
Illyustratsiyalar- fotosuratlar
va suratlar reproduktsiyalari, davrning ishonchi
tasvirlari, karta-sxemalar, xaritalar, sxemalar.
Metodik qism- savol
va topshiriqlar, matndan ajratib ko‘rsatishlar, paragraf
bandlari, sanalar, atamalar, jadvallar, yo‘riqnoma-metodik materiallar.
Orientirovkalash apparati- mundarija, ruknlash,
signal-simvollar,ko‘rsatkichlar
tavsiya etiladigan adabiyotlar