4- mavzu: Xorijiy ommaviy axborot vositalarining media makondagi o‘rni


Download 334.15 Kb.
bet12/14
Sana22.12.2022
Hajmi334.15 Kb.
#1042490
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-5 mavzu

TikTokning yana bir salbiy jihati — insonlar ruhiyatiga yot g‘oya va qarashlar­ning, tubanlik va jaholatning targ‘ib qilinayotgani. Bir bola tort bilan onasining yuziga urganini eslang. Hech bir quyushqonga to‘g‘ri kelmaydigan bolaning bu ishi onaning yuziga oyoq qo‘yish bilan baravar emasmi? Nokas bola bu ishi ertaga unga farzandlaridan qaytishini bilarmikan? Bunday qabih ishga qo‘l urgan farzand oxiratini o‘ylamadimikan? Bu aslida fojia, insoniyat fojiasi... Mazkur ijtimoiy tarmoqning yaratilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan esa-da, ancha ommalashib ulgurdi. COVID-19 pandemiyasining tarqalishi bilan bir vaqtda TikTok ham koronavirus singari odamlar orasida keng tarqala boshladi. App Store va Google Playning rasmiy ma’lumotlari­ga qaraganda, mazkur ilovaga yuklangan materiallarning soni dunyo bo‘yicha ikki milliardga yetdi. 2020-yil birinchi chora­gining o‘zida mazkur ijtimoiy tarmoq 315 million nafar yangi foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Bu avvalgi chorakdagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori sanaladi. O‘tgan yilning avgust oyida TikTok dunyodagi eng ommabop ilova sifatida tan olindi. U App Store va Google Play orqali eng ko‘p yuklangan ilovaga aylandi. 2020-yil yozining so‘nggi oyida TikTok rasmiy internet-do‘konlar orqali 63,3 million marta yuklab olingan. Aytish joizki, bunda koronavirus pandemiyasi ta’sir ko‘rsatdi. Chunki odamlar karantin payti uyda qolib, vaqt o‘tkazish uchun o‘zlariga ovunchoq, ermak topishga berilishdi. Bunda TikTok juda qulay vositaga aylandi. Bugun afsuski, mamlakatimizda ham TikTokda turli bema’ni qiliqlar, raqslarni tasvirga olib, o‘z sahifasiga joylashtirish orqali omma e’tiborini qozonishga harakat qilayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani achinarlidir. Shou-biznes olamidagi ayrim shaxslar ham uning targ‘ibotiga hissa qo‘shayotgani, TikTokda qolipga sig‘maydigan turli bachkana qiliqlar qilib, behayo videolar qo‘yib odamlarning e’tiborini tortishga intilayotganini qanday izohlash mumkin?!

  • TikTokning yana bir salbiy jihati — insonlar ruhiyatiga yot g‘oya va qarashlar­ning, tubanlik va jaholatning targ‘ib qilinayotgani. Bir bola tort bilan onasining yuziga urganini eslang. Hech bir quyushqonga to‘g‘ri kelmaydigan bolaning bu ishi onaning yuziga oyoq qo‘yish bilan baravar emasmi? Nokas bola bu ishi ertaga unga farzandlaridan qaytishini bilarmikan? Bunday qabih ishga qo‘l urgan farzand oxiratini o‘ylamadimikan? Bu aslida fojia, insoniyat fojiasi... Mazkur ijtimoiy tarmoqning yaratilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan esa-da, ancha ommalashib ulgurdi. COVID-19 pandemiyasining tarqalishi bilan bir vaqtda TikTok ham koronavirus singari odamlar orasida keng tarqala boshladi. App Store va Google Playning rasmiy ma’lumotlari­ga qaraganda, mazkur ilovaga yuklangan materiallarning soni dunyo bo‘yicha ikki milliardga yetdi. 2020-yil birinchi chora­gining o‘zida mazkur ijtimoiy tarmoq 315 million nafar yangi foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Bu avvalgi chorakdagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori sanaladi. O‘tgan yilning avgust oyida TikTok dunyodagi eng ommabop ilova sifatida tan olindi. U App Store va Google Play orqali eng ko‘p yuklangan ilovaga aylandi. 2020-yil yozining so‘nggi oyida TikTok rasmiy internet-do‘konlar orqali 63,3 million marta yuklab olingan. Aytish joizki, bunda koronavirus pandemiyasi ta’sir ko‘rsatdi. Chunki odamlar karantin payti uyda qolib, vaqt o‘tkazish uchun o‘zlariga ovunchoq, ermak topishga berilishdi. Bunda TikTok juda qulay vositaga aylandi. Bugun afsuski, mamlakatimizda ham TikTokda turli bema’ni qiliqlar, raqslarni tasvirga olib, o‘z sahifasiga joylashtirish orqali omma e’tiborini qozonishga harakat qilayotgan yoshlar safi tobora kengayib borayotgani achinarlidir. Shou-biznes olamidagi ayrim shaxslar ham uning targ‘ibotiga hissa qo‘shayotgani, TikTokda qolipga sig‘maydigan turli bachkana qiliqlar qilib, behayo videolar qo‘yib odamlarning e’tiborini tortishga intilayotganini qanday izohlash mumkin?!

Download 334.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling