4- mavzu: Xorijiy ommaviy axborot vositalarining media makondagi o‘rni


Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari


Download 334.15 Kb.
bet10/14
Sana22.12.2022
Hajmi334.15 Kb.
#1042490
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4-5 mavzu

Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Ushbu veb sahifa ham Odnoklassniki (odnoklasniki.ru), www.sinfdosh.uz ijtimoiy tarmog‘lari yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo‘lib, faqatgina ingliz tilida so‘zlashuvchilar uchun yaratilgan va moslashtirilgan Bundan tashqari qiziquvchilar quyidagi veb sahifalarni ham ko‘rishlari mumkin: Last.fm, Linjedln, MySpace. Bularning yaratilish maqsad va vazifalari ham yuqorida keltirilgan veb sahifalar bilan o‘xshash.

Telegram:

  • Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ommalashayotgan, jumladan, bizning yurtimizda ham deyarli har bitta internet foydalanuvchisiga yaxshi tanish bo‘lgan Telegram messenjeri bundan bir necha yil muqaddam rossiyalik dasturchi aka-ukalar tomonidan yaratilgan.
  • Telegram messenjeriga VKontakte ijtimoiy tarmog‘ini yaratgan aka-uka Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan asos solingan. Pavel Durovning qayd etishicha, u 2011 yildan boshlab o‘zaro xabarlar va fayllar almashishga yordam beradigan messenjer yaratish ustida jiddiy bosh qotirgan. Aslida, Telegram avvalida ijtimoiy messenjer vazifasini bajarishga mo‘ljallanmagan, balki u ikkala aka-uka orasida o‘zaro suhbat uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan edi, deb yozadi Telegram-Free nashri.
  • Pavel Durov – Telegram uchun asosiy kod va interfeysni dasturlagan
  • Nikolay Durov – messenjer uchun MTProto shifrlash kodini yaratgan
  • Mana shu yo‘sinda hozirgi kunda eng ommabop va funksional messenjerlardan biri dunyoga kelgan.

Tik-tok

Xo‘sh, TikTok o‘zi nima? U nimasi bilan insonlarni o‘ziga jalb qilmoqda? TikTok Xitoyning “ByteDance” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan qisqa hajmli videoroliklarni ko‘rishga mo‘ljallangan server bo‘lib, 2018-yilda ishga tushirilgan versiyasi Xitoyda eng yetakchi videoplatformaga aylandi. Qolaversa, u dunyoda ham keng tarqalib, eng ko‘p yuklab olina­yotgan ilova sifatida shakllandi. Bugun TikTok nafaqat zerikishning oldini olish, ovunish, balki blogerlar uchun o‘z kontentida mo‘may daromad topish vositasiga ham aylanib bormoqda. Ayrimlarda esa jamiyatdagi o‘z o‘rnidan qoniqmaslik hissining paydo bo‘layotgani, qanday bo‘lmasin — bachkanalikmi, o‘z jonini xavf ostiga qo‘yish hisobiga bo‘lsa-da, odamlar e’tiborini tortish, shu orqali ijtimoiy tarmoq “yulduz”iga aylanish va “prosmotr”larni ko‘paytirishga bo‘lgan qiziqish ularni mazkur ijtimoiy tarmoqqa ipsiz bog‘lab qo‘ymoqda.


Download 334.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling