4- mavzu: Xorijiy ommaviy axborot vositalarining media makondagi o‘rni


Download 334.15 Kb.
bet8/14
Sana22.12.2022
Hajmi334.15 Kb.
#1042490
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
4-5 mavzu

WWW yaratilish tarixi va mazmuni

  • 1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega boigani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.

Ijtimoiy tarmoq tushunchasi. 

  • Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o‘rnatuvchi, ko‘p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi. Mazmuniga ko‘ra ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli bo‘ladi: 1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqatni o‘rnatib beruvchi dasturiy - apparatli kompleks; 2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi muloqat internet tarmog‘i orqali bajarilishi.

Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. 

  • Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o‘zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O‘zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – do‘stlar va guruxlar tizimi. Uni quyidagi chizma yordamida tavsiflash mumkin.
  • Foydalanuvchilarining soni bo‘yicha hozirda Facebook ijtimoiy tarmog‘i 500 000 000 foydalanuvchisi bilan etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda MySpace (255 000 000 foydalanuvchi), Twitter (200 000 000 foydalanuvchi), Windows Live Spaces (120 000 000 foydalanuvchi), Habbo Hotel (120 000 000 foydalanuvchi), V Kontakte (110 000 000 foydalanuvchi), Friendster (90 000 000 foydalanuvchi), Hi5(80 000 000 foydalanuvchi), Tagged.com (70 000 000) .

Download 334.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling