4- seminar mashg‘uloti. Lirik tur va uning janrlari. Dramatik tur va uning janr xususiyatlari.
Reja:
Lirikaning kichik janrlari (fard, musallas, ruboiy, tuyuq, to’rtlik)
Lirikaning o’rtacha janrlari (g’azal, marsiya, ashula, qo’shiq, sonet)
Lirikaning yirik janrlari (tarji’band, tarki’band)
Teragediya, komediya, drama janrlari
Melodrama, monodrama, intermediya, libretto
Publitsistik lirika hayotning ijtimoiy-siyosiy hodisalariga munosabat bildirish asosida maydonga keladi. Turmushning dolzarb muammolariga kishilar e'tiborini jalb etish publitsistik lirika mohiyatini tashkil etadi. G‘afur G‘ulomning “Sen yetim emassan”, Hamid Olimjonning “Qo‘lingga qurol ol”, Zulfiyaning “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” she'rlari publitsistik she'r sanaladi. Bu xil she'rlarda chaqiriq, da'vat ohanglari asosiy o‘rin tutadi. Publitsistik she'rlarda muayyan ijtimoiy-siyosiy holat, muammo alohida ta’kidlanadi.
Hajviy lirik asarlarda turmushdagi, kishilar fe'l-atvoridagi kamchilik, qusurlar ma'lum qilinadi. Ularda illatlardan xalos bo‘lishga chaqirish asosiy maqsad bo‘ladi. Odamlar fe'l-atvoridagi kamchiliklarni tanqid qilish qadimdan adabiyotning asosiy mavzularidan biri bo‘lib keladi. Alisher Navoiy, Turdi, Gulxaniy, Maxmur, Muqimiy kabi o‘zbek shoirlari ijodida riyokorlik, ta'magirlik kabi illatlarni keskin tanqid qiluvchi she'riy asarlar alohida o‘rin tutadi. Alisher Navoiy dinni niqob qilib olgan xudbin, manfaatparast shayxlarni, Turdi, Gulxaniy, Maxmur, Muqimiy ta'magir, kishilarni xo‘rlash, tahqirlashdan toymaydigan amaldorlarning chirkin kirdikorlarini masxaralaydi.
Sarbast she'r erkin va oq she'rdan qofiyalanishga asoslanmasligi, misralari turli miqdordagi bo‘g‘in va turoqlardan tarkib topishi bilan farq qiladi. Erkin she'rda qofiya muayyan o‘rin tutadi. Oq she'rda misralar bo‘g‘ini miqdori bir xil bo‘lishiga amal qilinadi. Sarbast she'rda esa qofiya, misralarda bo‘g‘inlar miqdori tengligi ham bo‘lmaydi. Mana shu jihatiga ko‘ra ham sarbast she'r erkin, oq she'rdan ko‘ra ozodroq. Bu miqyosdagi ozodlik sarbast she'rda fikrni tabiiy, samimiy, zo‘riqish, chiranishlarsiz ifoda qilish imkonini beradi. Sarbast she'r erkin va oq she'r singari o‘zbek she'riyatiga turk va rus she'riyati ta'sirida shakllangan.
Adabiyotlar:
1. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. –T.: Akademnashr , 2010.
2. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – T.: O‘zbekiston , 2018.
Mustaqil ta’lim:
Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi, saralangan sheʼrlari o‘qish va tahlil qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |