4-14 mts 22 guruh talabasi g’ofurova Zarnigor


aloqadorligi tufayli allalarning kompozicion butunligi yuzaga keladi


Download 76.75 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi76.75 Kb.
#1502884
1   2   3   4   5
aloqadorligi tufayli allalarning kompozicion butunligi yuzaga keladi.
Allalarda to`rtlik band tuzilishi yetakchi bo`lsa-da, uchlik, beshlik, oltilik, ettilik
va sakkizlik tarzida bir butun tugallangan allalar ham, shuningdek, shu xildagi band asosida to`qilgan namunalar ham ancha.Jumladan, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalaridagi allalarning aksariyati, asosan, to`rtliklar, beshliklar va sakkizliklar shaklida bo`lsa, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Farg`ona vodiysida hajman bir necha to`rtlik yo beshlikdan iborat voqeaband yo lirik allalar salmog`i baland. Bunday strofik xilma-xillik onalarning alla kuylayotgan vaziyatdagi kayfiyatining natijasi bo`lib, allada kuylanishi kutilgan g`oyaviy niyatning salmog`iga, ko`tarinkiligiga, yo`nalishiga bog`liq. O`zbek allalarida shunday bir ichki mantiq borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang va mazmun birligini ta`minlab turadi.
Onalar o`zlari xush yoki noxushliklaridan qat`iy nazar farzandlariga hamisha mehribonlik bilan kuylaydilar: farzandlarini erkalata turib uyqu chaqirganlarida eng nafis ranglarni tanlashga, shu ranglarni g`oyat nazokat bilan ishlatishga e`tibor beradilar. Bolalari tabiatini toblantirishda doimo tiniqlik va quvnoqlikka aloqador tuyg`ularni teran ifodalashga xizmat qiluvchi poetik obrazlarga, sifatlash va o`xshatishlarga murojaat qiladilar, shu maqsadda qo`zichoq, qo`chqor, olqor, toychoq, saman, toyloq, bo`taloq, kiyik(ohu), quralay, serka, bulbul, to`ti, lochin, tog`, shahm, chirog`, qizil gulobrazlarida farzandlari qiyofasi va taqdiriga xos fazilatlarni umumlashtirib e`zozlaydilar:
Bulbul qushning bolasi, Alla, qo`zim-o, alla. Daraxtda bo`lar uyasi, Alla, bolam-o, alla. Daraxt boshini sel olsa, Alla, qo`zim-o, alla. Shaydolar bo`lar onasi, Alla, bolam-o, alla.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1.M.A.Vasileva, V.V.Gerbova, T.S.Komarova. Bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturi bolalar bog'chasi. Moskva. Mozaika-sintez. 2005 yil
2. Taxminiy asosiy umumiy ta'lim dasturi maktabgacha ta'lim "Tug'ilgandan maktabgacha" ed. N.E.Veraksi, T.S. Komarova, M.A. Vasilyeva-3-nashr, Rev. va qo'shimcha - M.: Mosaika-sintez, 2015.-368 b.
3. 2014-2017 yillarga mo'ljallangan Tatariston Respublikasi Aznakayevskiy munitsipal okrugidagi Aznakaevo shahridagi "Firefly № 4" nazorat va sog'lomlashtirish uchun bolalar bog'chasi shahar byudjetli maktabgacha ta'lim muassasasining maktabgacha ta'limning asosiy ta'lim dasturi.
4. S.N.Nikolaeva. Yosh ekolog dasturi. Ijodiy markaz... Sfera. Moskva 2008 yil
5. N.A.Ryjova "Bizning uyimiz - tabiat" M .: Karapuz-Didaktika. 2005 yil.
6. M.A.Povalyaeva. Tabiat bilan tanishishda bolalar nutqini rivojlantirish. Rostov na-Donu. Feniks 2002 yil
7. OS Ushakova Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqi va ijodini rivojlantirish ijodiy markaz
Download 76.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling