4-14 mts 22 guruh talabasi g’ofurova Zarnigor
II.Kattalar bolalarning tabiatga munosabatini shakllantirishda ham faol ishtirok
Download 76.75 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «allala»
II.Kattalar bolalarning tabiatga munosabatini shakllantirishda ham faol ishtirok
etadilar. Buning natijasida bolalar taqvimi va uni ifoda etuvchi marosim qo`shiqlari yuzaga kelgan. Bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog`liq bunday qo`shiqlarning bir qismi ijtimoiysiyosiy taraqqiyot taqozosiga ko`ra kattalar repertuaridagi mavqeini yo`qota borib, yo tamoman so`nib ketgan, yo transformaciyaga uchrab bolalar repertuariga ko`chib o`tib saqlanib qolgan. «Boychechak», «Chittigul», yo ramazonlar va hayitliklar shular jumlasidan hisoblanadi. Qolaversa, ibtidoiy ajdodlarimizning animistik va totemistik e`tiqodlari asosida shakllanib, endilikda o`sha mohiyatini yo`qotgan yalinchoq va hukmlagichjanrlari bolalar repertuarida hamon faol yashamoqda. III.Bolalarning o`z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo`lgan qo`shiqlar va o`yinlar – o`zbek bolalar folklorining asosini tashkil etadi. So`z va harakatning nisbatiga ko`ra bularni ikki katta guruhga bo`lish mumkin: Bolalarning maishiy qo`shiqlari. Bolalarning o`yin folklori ALLALAR. «Alla» istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Kimdir uni arabcha «olloh» so`zining fonetik o`zgarishga uchragan shakli desa, kimdir o`zbekcha «aldamoq» so`zidan kelib chiqqan, shunga ko`ra u bolani aldab-avrab uxlatish ma`nosiga ega deya izohlashga urinadi. Bu izohlarning soxtaligi va haqiqatni aks ettirmasligi o`z-o`zidan ayonlashib turibdi. L.Z.Budagov chig`atoychada «allala» boshning orqasi, ya`ni «ensa»ni anglatishini qayd etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi–allalasi bilan chalqanchasiga cho`zilib uxlaydi. Bolaga uyqu chaqirishda qo`llanishi shu vazifasidan kelib chiqqan. Bunda «allala» shakli «alla, alla-yo, alla-yo alla» tarzidagi ko`rinishlar bilan to`lishib, uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan. Chaqaloq yoshini to`ldira borishi jarayonida bu so`zdagi tovushlarni idrok etishi tufayli uyqusi kelganda o`zining ham «alla» so`zi lug`aviy jihatdan «bosh orqasi» va «uxlamoq» ma`nolarini anglatsa, istilohiy ma`nosiga ko`ra uyqu chaqirmoq, uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan silsilaviy qo`shiq turini anglatadi. Abu Ali ibn Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday e`tirof etgan: «… bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak: Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo`lib qolgan muzika va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan muzikaga bo`lgan iste`dodi hosil qilinadi». Bu mulohazadan to`rt narsa ayonlashadi: birinchisi, allaning bundan ming yil ilgari – ibn Sino zamonida ham mavjudligi bo`lib, janrning genetik asosiga nazar solish imkonini beradi. Ikkinchisi, allaning ijrosi – sekin-asta tebratishga omuxta holda kechishi, uchinchisi esa, bolani uxlatishgagina xizmat qilishi va nihoyat to`rtinchisi, bolaning ham jismoniy, ham ma`naviy chiniqishida muhim ahamiyat kasb etishi to`g`ri ilg`angan. Allalar, odatda, bolalarning emizikli davrida – ular to 3 yoshini to`ldirgunlarigacha aytiladi. Ularning bolalarning shu yoshi bilan bog`lanishi qat`iy bo`lib, beshik qo`shig`i sifatida tavsiflanishiga yo`l ochgan. Allalarni ona suti bilan bog`lab «sutda qorilgan va mehrga yo`g`rilgan qo`shiq» tarzida muqaddaslashtirilishi sababi shunda Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish yo deklomatsiya qilish mumkin emas. Monoton ohang o`zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir.Odatda, allalar kuyi bilangina bolaga orom bag`ishlaydi, uni elitadi. Bola uchun uning so`zi emas, balki kuyi muhim. Chunki u hali so`zni anglamaydi. Alladagi so`zlar ona uchun muhim: ular ona qalbining nidolari. Allalarning bir maromdagi tebranishga mos mayin ohangi bola ma`naviy ehtiyojining dastlabki qondirgichi sifatida xizmat eta boshlaydi. Zero, tadqiqot va kuzatishlarning tasdiqlashicha, chaqaloq tug`ilgach, uchinchi kundan e`tiboran kuy va ovozni idrok eta boshlaydi. Birinchi oydaligidayoq musiqiy idrokini – ritm va ohangni idrok eta olishini namoyon eta boradi, lekin unga u qadar murakkab bo`lmagan tovushlarning o`zaro almashishi ohangi va ritmikasigina o`ngg`ay hisoblanadi. Binobarin, so`z ohang va harakat birligi, aniqrog`i, shu uzvlarning o`zaro mantiqiy Download 76.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling