4-5 –ma’ruza. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish. Shaxsning individual, shaxsiy rivojlanishining o’zaro ta’siri. (4 soat)
Download 253,82 Kb.
|
Taqdimot 4-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv.
- Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi
- Demak, o‘z-o‘zini baholash - o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa , quyidagilar kiradi
- Dunyoqarash turlari
- Takrorlash uchun savollar
4-5 –ma’ruza. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish. Shaxsning individual, shaxsiy rivojlanishining o’zaro ta’siri. (4 soat)4-5 –ma’ruza. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish. Shaxsning individual, shaxsiy rivojlanishining o’zaro ta’siri. (4 soat)Reja:
Inson, odam juda ko’plab fanlarning o’rganish ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o’rganadi. O’z ob’ektini belgilash va ta’riflash uchun turli tushunchalar qo’llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub’ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan "shaxs", "individ", "individuallik" tushunchalari ham qo’llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar (odamlar) individdir. "Individ" tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina SHAXSga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Nazariyalar orasida shaxsda ikkita asosiy qism, ikkita omilni ajratuvchi yo’nalishlar ko’rinarli o’rin egallagan. Ular shaxs tuzilishida ikkita omil, BIOLOGIK va IJTIMOIY omillarni ajratib ko’rsatadilar.Nazariyalar orasida shaxsda ikkita asosiy qism, ikkita omilni ajratuvchi yo’nalishlar ko’rinarli o’rin egallagan. Ular shaxs tuzilishida ikkita omil, BIOLOGIK va IJTIMOIY omillarni ajratib ko’rsatadilar.
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy psixologiyada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan: Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv.Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi.
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish ro’y bergan bo’lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizastiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g’oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko’chirilishi eksteriorizastiya deb yuritiladi. Faoliyatni klassifikastiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik turlari bo’yicha tabaqalashdir. Bu - muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir. Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‘lgan obraz – “Men” - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
Demak, o‘z-o‘zini baholash - o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:Demak, o‘z-o‘zini baholash - o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:
Dunyoqarash - tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi.Shaxsning dunyoqarashi - bu dunyoga nisbatan qarashlarini aks ettiruvchi va undagi o'rnini aniqlaydigan qarashlar, baholashlar, tasavvurga ega vakillik va printsiplarning yig'indisi. Hayotiy pozitsiyalar ham dunyoqarashning muhim tarkibiy qismi bo'lib, ko'pincha uning qaysi turiga tegishli ekanligini aniqlashning eng oson usuli hisoblanadi.
Dunyoqarash turlariDunyoqarash turlari
Kasb etikasi shaxs psixikasining rivojlanishida kasbiy faoliyatning ijtimoiy psixologik mеxanizmlarining shakllanishi, shaxsning kasbiy va shaxsiy sifatlarining rivojlanishi, to‘g‘ri kasb tanlash, axloqiy tarbiyaning ko‘rinishlari, kasbiy etika va muomala malakalarini shakllantirishning nazariy asoslarini ochib bеruvchi fandir.
Takrorlash uchun savollar:Takrorlash uchun savollar:
Download 253,82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling