4-5-Mavzu: Ilmiy tadqiqotning namoyon bo’lish jihatlari Reja


Download 77.27 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi77.27 Kb.
#1600517
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

«normal» fan davrlari va ilmiy inqiloblar davrlaridan tarkib topadi. «Normal» fan umume’tirof etilgan paradigma doirasida rivojlanadi. Bunda olimlar faoliyatida ilmiy vazifalarni qо‘yish va yechish ma’lum andozalarga bо‘ysunadi va boshqotirmalarni topishni eslatadi. Nazariy bashoratlarning faktlar bilan muvofiq kelmagani tasodifiy «anomaliya» deb hisoblanadi va mavjud nazariyalardan darhol voz kechish uchun asos sifatida qabul qilinmaydi. Ammo «anomaliyalar» yig‘ilib boradi va ularning ta’sirida ertami-kechmi inqiroz – ilmiy inqilob yuz beradi. Mazkur inqilob jarayonida eski paradigma о‘rnini yangi paradigma egallaydi. Inqilob davrida ilmiy hamjamiyat eski paradigma о‘rniga yangi paradigmani izlaydi. Kun fikriga kо‘ra, yangi paradigmani tanlash Popper о‘ylaganidek oqilona asoslarga muvofiq amalga oshirilmaydi. Aslida bu mantiqiy emas, balki ijtimoiy-psixologik muammodir. Olimlar yanada mazmunliroq yoki «amalda yaxshiroq» bо‘lgan paradigmani emas, balki yangi «normal» fan asosi hamda «boshqotirma-vazifalar»ni yangi qoidalarga muvofiq yechish uchun «andoza» sifatida о‘zlariga kо‘proq mos keladigan paradigmani tanlashni ma’qul kо‘radilar.
Bilimlarni izchil jamg‘arish jarayoni faqat «normal» fan sharoitida yuz beradi. Ammo ilmiy inqilob voz kechilgan paradigma doirasida jamg‘arilgan bilimlarni qadrsizlantiradi va butunlay boshqa muammolar va g‘oyalardan iborat yangi bilimlar olamini yaratadi. Turli paradigmalarga muvofiq yaratilgan nazariyalar о‘zaro muvofiq kelmaydi. Ayni shu sababli ffanning rivojlanish jarayoni bilimlarning о‘sishini belgilaydi, deb aytish mushkul. «Normal» fan har bir ayrim tarixiy davrda mazkur paradigma doirasida bilimlarni jamg‘arsa-da, lekin umuman olganda fanning rivojlanishi bizning dunyo haqidagi tasavvurimiznigina о‘zgartiradi: fan rivojlanishi bilan biz dunyoni kо‘proq emas, balki о‘zgacha tushunamiz va tasavvur qilamiz.
Ashaddiy antikumulyativist hisoblangan P.Feyerabend о‘zining «anarxistik» konsepsiyasida ilmiy bilishning rivojlanishidagi har qanday mantiqni tо‘la rad etadi. U fanda «hamma narsaga yо‘l qо‘yiladi», deb hisoblaydi. Birorta ham nazariyani boshqa nazariyalardan ustun qо‘yish mumkin emas, zero nazariyalar «о‘girib bо‘lmaydigan» har xil tillarda sо‘zlaydi va bir-biri bilan muvofiq kelmaydi. Barcha paradigmalar teng darajada о‘rinsizdir, zero ular olimlarning ijodiy tafakkurini cheklaydi. Kun ilgari surgan «normal» fan g‘oyasi aslida mutaxassislar ongida vaqtinchalik hukm surayotgan mafkuradir. Unga qarshi kurashish kerak. Fanning rivojlanish yо‘li – «uzluksiz inqilob». Feyerabend «proliferatsiya» - gipotezalarni kо‘paytirish prinsipini ilgari suradi. Uning fikricha, gipotezalar qancha kо‘p bо‘lsa, shuncha yaxshi. Bilimlarni progressiv jamg‘arish jarayoni fanda mavjud emas, faqat bir-biri bilan raqobatlashuvchi gipotezalar sonini kо‘paytirishgina bor. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kumulyativizm va antikumulyativizm fanning rivojlanish jarayonini haddan tashqari yuzaki tasvirlaydi. Fanning rivojlanish jarayonida an’analar va novatsiyalar, bilimlarni jamg‘arishning uzluksizligi va bu uzluksizlikka barham berib, fanning mazmuni va tarkibiy tuzilishida tub о‘zgarishlar yasovchi inqilobiy sakrashlar birikadi. Bunday birikish mantiqi yanada chuqurroq о‘rganishni talab etadi. Xulosa. XIX-XX asrlarda fanning rivojlanishiga katta umid bilan kо‘z tikadilar va u о‘zining aqlni lol qoldiradigan yutuqlari bilan bu umidni oqlaydi. Fanning obrо‘si misli kо‘rilmagan darajaga kо‘tariladi. U jamiyatda eng hurmatli va kо‘p haq tо‘lanadigan kasbga aylanadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida dunyo ilm ahli e’tibori fanga qaratiladi. Bu davrda u yangi turdagi qurollarni ishlab chiqish ishida о‘z ahamiyatini amalda isbotlaydi. Biroq aynan urush yillarida va urushdan keyingi qurollanish poygasi davrida fanning harbiylashuvi, ayniqsa atom bombasining yaratilishi fanning о‘sib borayotgan qudratiga tashvishlanib qarashga majbur etadi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida global ekologik muammolarning yuzaga kelishi bu tashvishni yanada kuchaytiradi.


1 Файзуллаев О. XX аср зиёлилари: устозларим ва сафдошларим / О.Файзуллаев. – Тошкент: Фалсафа ва ҳуқуқ институти, 2008. – Б.278.

2 Давронов З. Баркамолликка даъват мактублари. – Тошкент: Iqtisod-moliya, 2011 – Б.116.



3 Maydanov A.S. Intellekt reshayet neordinarniye problemi /RAN. In-t filosofii. — M.: IF RAN, 1998. — 321 s.

4 Qarang: Bekon F. Noviy organon // Soch.: V 2 t. T. 2. – M., 1978. – 59-b.

5 қаранг: Поппер К. Логика и рост научного знания. – М., 1983. – 455-б.

6 қаранг: Кун Т. Структура научных революций. – М., 1975.

Download 77.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling