4-5-Mavzu: Ilmiy tadqiqotning namoyon bo’lish jihatlari Reja


Download 77.27 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi77.27 Kb.
#1600517
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu

Vorisiylik va novatorlik. Darsliklar bilan ilk tanishuvning о‘zidanoq har qanday maktab о‘quvchisi fanning rivojlanishi bilimlar jamg‘arilishiga olib kelishidan xabar topadi. Ilmiy bilimlar yangi dalillar ochilishi va yangi nazariyalar ishlab chiqilishi hisobiga jamg‘ariladi. Yangi dalillar va nazariyalar eski dalillar va nazariyalar qatoriga qо‘shilib, shuning hisobiga ilmiy bilim hajmi о‘sib boradi. Ilmiy bilimning о‘sishi haqidagi bunday tasavvur fan rivojlanishining kumulyativistik konsepsiyasida о‘z ifodasini topgan. Quyidagilar kumulyativistik konsepsiyaning asosiy qoidalari hisoblanadi:

  • fanda yangi bilimlar ilgari olingan bilimlar asosida yaratiladi;

  • fan rivojlanish jarayonining har bir bosqichida ilmiy bilim tarkibida ilgari tо‘g‘ri aniqlangan bilimlargina qoldiriladi;

  • о‘tmish fanida mavjud bо‘lgan xatolar va yanglishishlar esa fosh qilinadi va ulardan voz kechiladi;

  • ilmiy bilimning rivojlanish jarayoni izchil, tadrijiy kechadi, u asta-sekin takomillashib boradi va voqelikni yanada aniqroq aks ettiradi.

Kumulyativizm ilmiy bilishda vorisiylikka urg‘u beradi. Kumulyativistik nuqtai nazardan fan tarixiy tajribada о‘z tasdig‘ini topgan, tо‘laqonli aniqlangan haqiqatlarnigina о‘z ichiga oladi va bunday haqiqatlar unda tobora kо‘payib boradi. Ilgari aniqlangan faktlar yangi faktlarni topish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Yangi ilmiy g‘oyalar eski nazariyalardan kelib chiqadi, ularning tadrijiy davomi va rivojlangan kо‘rinishi hisoblanadi.
«Vena tо‘garagi»ning pozitivistik falsafasida ilmiy bilimlarni jamg‘arish kumulyativistik g‘oyasi uni verfikatsiya qilish (tasdiqlash) prinsipi bilan bog‘lanadi. Verifikatsiya qilish imkoniyati – bu ilmiylik mezonidir. Fan rivojlanishi bilan verifikatsiya qilingan ilmiy bilim yig‘indisi о‘sib boradi.
K.Popper qarama-qarshi yondashuvni ilgari suradi: bilimning ilmiylik mezoni – verifikatsiya qilish imkoniyati emas, balki aksincha, falsifikatsiya qilish (uni rad etish) imkoniyatidir. Agar biron-bir fikrni rad etish yо‘lini kо‘rsatish mumkin bо‘lmasa, demak, u ilmiy emas.
Neopozitivistlar verfikatsiya qilish imkoniyatiga ham, falsifikatsiya qilish imkoniyatiga ham ilmiy bilimni «noilmiy» bilim, shu jumladan tasdiqlash ham, rad etish ham mumkin bо‘lmagan fikrlar ilgari suriladigan falsafa («metafizika») va dindan ajratish omili sifatida qaraydilar.
Popper fikriga kо‘ra, fan о‘zida mavjud bо‘lgan nazariyalarni rad etish va rad etsa bо‘ladigan yangi nazariyalarni yaratish orqali olg‘a qadam tashlaydi. Nazariyalarni falsifikatsiya qilish prinsipi – ilmiy bilimning о‘sishini belgilovchi muhim omildir.5
Amerikalik faylasuf va fan tarixchisi T.Kun kumulyativizmni qat’iyan rad etadi. U fan rivojlanishining antikumulyativistik konsepsiyasini ilgari suradi6. Kun fikriga kо‘ra, ilmiy bilimning о‘sish jarayoniga mazkur bilimni yaratuvchi olimlar faoliyatining motivlari va xususiyatini e’tiborga olmasdan yondashilsa, fan qanday rivojlanishini tushunish mumkin emas. Fanni mutaxassis-olimlarning guruhlari – ilmiy hamjamiyatlar yaratadi. Har qanday ilmiy hamjamiyat о‘z faoliyatida umume’tirof etilgan nazariy mо‘ljallarning muayyan tizimidan kelib chiqadi. Bunday tizim tadqiqot vazifalarini yechish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi va mazkur vazifalarni yechish andozalarini belgilaydi. Kun ilmiy hamjamiyatda qabul qilingan boshlang‘ich nazariy tizimni paradigma (yunon. andoza, namuna) deb nomlaydi.
Kun fikriga kо‘ra, fanning rivojlanish jarayoni
Download 77.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling